• 1.2 Amaliyotning ichki tartib – qoidalari
  • -rasm Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish




    Download 2,74 Mb.
    bet3/6
    Sana08.06.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #261683
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Bobojonov Shahzod

    1.1-rasm Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish

    1. Ekinzor daraxtzor va to’siqlarni bosish, payxon qilish, buzish, qoqilgan qoziqlarni yer yuzasidan yuqorida qoldirish man qilinadi.

    2. O’rnatilgan kun tartibiga amal qilish.

    Amaliyot raxbari amaliyot boshlanishidan avval o’quv gruhi talabalari bilan texnika xavfsizligi, tasdiqlangan kun tartibi, baxtsiz xodisalarda birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha qoidalarni ishlab o’rganib chiqiladi.
    O’qitish, o’rganish, talabalardan so’rash yakunlanadi, o’qitish natijalari bayonda qayd etiladi va unga amaliyot raxbari va talabalar imzo chekadi.


    1.2 Amaliyotning ichki tartib – qoidalari
    Amaliyotga qo’yilgan har bir talaba quyida keltirilgan barcha talablarga so’zsiz rioya qilishi kerak:
    a) har bir topshiriqni bajarishdan avval ushbu ishni mohiyati, mazmuni va maqsadi bilan tavsiya etilgan adabiyotlar, qo’llanmalar, ko’rsatmalar va boshqa manbalar orqali to’liq tanishib chiqqan bo’lishi.
    b) amaliyot rahbarining farmoyishini va brigadirning barcha ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishi.
    c) amaliyotda belgilangan amaliyot kun tartibiga amal qilishi, amaliyotga kechikmasligi va rahbarni ruxsatisiz amaliyotdan biror joyga ketmasligi.
    d) amaliyot joyida toza ish kiyimida ozoda ko’rinishda bo’lishi.
    e) geodezik asboblar, o’quv–yozuv qurollari bilan namunali muomalada bo’lishi, asbobda aniqlangan nosozliklar to’g’risida o’z vaqtida brigadir yoki rahbarni xabardor qilish.
    j) texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishi kerak.
    Amaliyotga surunkali ravishda tayyor emasligini namoyon etgan yoki o’quv va mehnat intizomini qo’pol ravishda buzgan talabalar amaliyotdan chetlashtiriladi.
    Amaliyot rahbari amaliyotni boshlashdan avval talabalarni mazkur amaliyotning maqsadi, vazifalari va uning dasturi bilan tanishtiradi. ular bilan texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazadi va shunga muvofiq holda dalolatnoma tuzib rasmiylashtiradi. Dalolatnomaga har bir talaba texnika xavfsizligi hamda geodezik o’lchov asboblarini ehtiyot qilish qoidalarini bajarish bo’yicha majburiyat olganini his etgan holda o’z imzosini qo’yadi.
    Bulardan tashqari rahbar brigadani kundalik ishlarini rejalashtiradi, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan maslahat beradi, dalada o’lchash ishlarini borishini kuzatib turadi, dala jurnallarini to’g’ri to’ldirib va hisoblab borilayotganini nazorat qilib boradi, kameral ishlarga bevosita rahbarlik qiladi.

    Download 2,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishish

    Download 2,74 Mb.