Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari




Download 2,74 Mb.
bet5/6
Sana08.06.2024
Hajmi2,74 Mb.
#261683
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bobojonov Shahzod

Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirish.
Geodeziya va kartografiya sohasida:
Geodeziya va kartografiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Aerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiyaga oid izlanishlar hamda tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar ma’lumotlari va materiallaridan foydalangan holda kartografik monitoringni amalga oshirish;
Davlat kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish;
Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish;
Davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
Davlat kadastrlarini yuritish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlash;
Davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan davlat kadastr nazoratini amalga oshirish;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Agentlik o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlashda:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatining ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faoliyatini ilmiy-texnologik va metodik ta’minlashni tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni o‘zbekiston respublikasi milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini tashkil qiladi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimi ishlashini tashkil qiladi;
Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
Kadastr muhandislari faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlaydi;
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri shakllantirilishi va yuritilishini tashkil etadi;
Bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi va metodik qo‘llab-quvvatlaydi;
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda:
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri yuritilishini tashkil etadi;
Yer uchastkalarining kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olinishini ta’minlash maqsadida davlat yer kadastrining elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, toifalari, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar vamulkdorlar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlarni shakllantiradi.
Yer fondi toifalarining yer turlari bo‘yicha milliy hisobot milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarining nizoli uchastkalariga aniqlik kiritish bo‘yicha takliflarni o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda — vazirlar mahkamasi) kiritadi;
Ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash loyihalarini ishlab chiqadi;
Yer fondi holatidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Yer fondidagi salbiy jarayonlarni prognozlashtirish hamda ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Yer hisobotini, tuman (shahar) yer kadastri daftarini faqat milliy geoaxborot tizimida yuritadi;
Har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori bo‘yicha yer kadastri elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etadi;
Foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlashni tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirishda:
Yerlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan yer nazoratini amalga oshiradi;
Yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratni amalga oshiradi;
Yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
Aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek, geodezik o‘lchov uskunalari yordamida yerlarni o‘rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga qaratilgan samarali kadastr nazoratini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Kadastr yig‘majildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
Davlat kadastrlari palatasi tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati;

  • Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;

  • Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari.

Davlat kadastrlari palatasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishni amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi vakolatli organ hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Kadastr agentligi) bo‘ysunadi.
Davlat kadastrlari palatasi Kadastr agentligining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Davlat kadastrlari palatasining rasmiy nomi:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi.
Qisqartirilgan nomi — Davlat kadastrlari palatasi;

Davlat kadastrlari palatasi maxsus belgisi


Quyidagilar Davlat kadastrlari palatasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ko‘chmas mulkga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Davlat kadastrlarini yuritish;
Geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Davlat kadastrlari palatasi o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida:
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — Milliy geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
Davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini (pasportini) tayyorlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Kadastr muhandislari va tuman (shahar) filiallariga kadastr yig‘majildini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatishda teng sharoitlar yaratadi;
Kadastr muhandislari va ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning reyestrini yuritadi;
Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy tuzilmalari hamda kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini amalga oshiradi;
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritadi;
Ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini ta’minlovchi geokodlar beradi;
Respublika darajasida ko‘chmas mulk obyektlari geokodlari ko‘rsatilgan holda elektron kartalarni shakllantiradi;
Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridan ma’lumotlar beradi;
Bino va inshootlarning kadastr qiymatini belgilash ishlarini tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini yuritish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish, davlat yer kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;
Yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi;
Foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan ta’minlaydi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlovchi axborot tizimini yaratadi, qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning shaffof va ommaga ochiq tizimining ishlashini ta’minlaydi;
Kadastr muhandislari faoliyatini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini, Milliy geoaxborot tizimini, Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Integratsion axborot tizimi) yaratadi, yangilaydi va rivojlantirishni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastri samarali yuritilishini ta’minlaydi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat yordami va axborot beradi;
Ko‘chmas mulk obyektlari kadastr hujjatlarining arxiv hujjatlarini raqamlashtirilgan holda yuritadi;
Davlat kadastrlarini yuritish sohasida:
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi va hududlar davlat kadastrining samarali yuritilishini ta’minlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini Milliy geoaxborot tizimida shakllantiradi;
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan tegishli davlat kadastrlari ma’lumotlari Milliy geoaxborot tizimiga taqdim etib borilishi monitoringini olib boradi;
Davlat kadastrlari yuritilishiga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish, geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritiladigan soha faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash va yangilash yo‘li bilan Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;
Milliy geoaxborot tizimini yuritadi;
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining bazaviy fazoviy ma’lumotlar banki, maxsus fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar bazalari shakllantirilishini amalga oshiradi;
Manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro elektron aloqalar orqali geofazoviy ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi;
Davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik birlashmalariga, yuridik va jismoniy shaxslarga axborot ta’minoti va fazoviy ma’lumotlarni, shu jumladan, davlat kadastrlari to‘g‘risidagi axborotni berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka oid geoportallarni yaratadi, yuritadi va qo‘llab-quvvatlaydi;
Kadastr muhandislariga geoaxborot tizimlari orqali ishlash va davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratadi;
Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmog‘ini boshqarish, ular monitoringi va takomillashtirilishini amalga oshiradi;
Geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarni amalga oshiradi;
Davlat va maxsus geoaxborot tizimlarini ishlab chiqadi;
Geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishda jismoniy va yuridik shaxslarga malakali maslahat beradi;
Geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish, davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatning ilmiy-tadqiqot va metodik ta’minotini tashkil etadi;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat kadastrlarini yuritish va geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va qatnashadi.
Davlat kadastrlari palatasi qonun hujjatlarga muvofiq boshqa funksiyalarga ham ega bo‘lishi mumkin.



Download 2,74 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari

Download 2,74 Mb.