• Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi
  • Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi




    Download 0.85 Mb.
    bet4/8
    Sana14.12.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #118564
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Dinshunoslik mustaqil ish
    1-Ma\'ruza, Gum.psix shaxs, 1-a, sonli usular 2chi M,ish, 3-laborotoriya ishi, xozirgi zamon ekalogik muammolari, Qizil QQ 30 aprel 1952 jil N 86, Elmurod . Takrorlash, Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot, ikkinchi jahon urushi diplomatiyasi., anvar robo5, 4-amaliy ish taxtid Diyor, Arduino hamda altera de0 qurulmalarini o’rganish, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi
    Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi
    fikrlar sofligi
    so’zning sobitligi
    amallarning insoniyligi.

    Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.

    Zardushtiylik dinining ramzi.

    Zardushtiylikda tabiatning ulug’lanishi Zardushtiylikda eng yuksak qadriyat – tabiatdir, u ham, inson borlig‘i ham to’rt unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, shuning uchun bular muqaddas hisoblangan. Olovga sig‘inish ustuvor bo’lgan bu dinda ibodatxonalar qurilib, ularda olov yoqadigan maxsus joy bo’lgan. Ekologik ongning sodda, lekin yuqori darajada rivojlanishi tufayli tabiatni asrash inson uchun muqaddasburch deb belgilangan. Shuningdek, havoni bulg‘ash, jasadlarni yerga ko’mib tuproqni ifloslantirish, O’likni suvga oqizish yoki gulxanda yoqish kabilar gunoh hisoblangan. Odamzod shu tuproqdan vujudga kelib, yana shu tuproqqa qaytadi. Odam go’shti harom hisoblangan, u muqaddas tuproqni bulg‘amasligi uchun go’shti suyagidan ajratilgan, maxsus ostadonlarga solib ko’milgan. Bu davrda ostadonlar san’ati rivojlangan.


    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi

    Download 0.85 Mb.