• Abu Rayhon Beruniy
  • “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitobi




    Download 0.85 Mb.
    bet6/8
    Sana14.12.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #118564
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Dinshunoslik mustaqil ish
    1-Ma\'ruza, Gum.psix shaxs, 1-a, sonli usular 2chi M,ish, 3-laborotoriya ishi, xozirgi zamon ekalogik muammolari, Qizil QQ 30 aprel 1952 jil N 86, Elmurod . Takrorlash, Fonetika va fonologiya haqida umumiy ma’lumot, ikkinchi jahon urushi diplomatiyasi., anvar robo5, 4-amaliy ish taxtid Diyor, Arduino hamda altera de0 qurulmalarini o’rganish, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi

    “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”. “Avesto” zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. “Avesto” Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatini o‘rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og‘zaki ravishda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar “Avesto”ning bo‘laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu Axuramazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‘laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‘ila boshlagan. Bular Zardushtning vafotidan keyin kitob holida jamlangan va “Avesto” – “O‘rnatilgan, qat’iy qilib belgilangan qonun-qoidalar” deb nom olgan. Mazkur qadimiy yozma manba bizgacha to‘liq etib kelmagan. “Avesto” haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: “Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) o‘n ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonlarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. SHuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi yo‘qolib ketdi”.

    “Avesto”ning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, o‘n ikki ming qoramol terisidagi tillo matn haqida keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida (“Bundahishn”, “SHahrihoi Eron”, “Denkard” (IX a), “Arda Viraf-namak” (IXa) “Tansar xatlari” (VI) “Muruj az-zahab”, “Forsnoma” va boshqalarda) ma’lumotlar bor. Bu asarlarda yunonliklar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini o‘ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan “Avesto”, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U “Avesto o‘ttiz “nask” edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi” deb yozgan. YOzma manbalarga ko‘ra, haqiqatan ham Avesto mo‘badlar (zardushtiy ruhoniylari) tomonidan avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib, asrlar osha yashirin saqlangan. Dastavval (I yoki II asrlarda), Arshakiylar davrida “Avesto” qismlarini to‘plash boshlangan. Keyinchalik Sosoniylar davrida, Ardasher Papakan (227-243) davrida, ayniqsa, SHopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so‘ng bu asosiy matn to‘ldirib borilgan. “Avesto”ning ana shu to‘ldirilgan nusxasining ikki to‘liq qo‘lyozmasi hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo‘lmish Koma nomidagi institutda, ikkinchisi Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.


    Download 0.85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Avesto” zardushtiylikning muqaddas kitobi

    Download 0.85 Mb.