|
Urganch tumanidagi 2-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 9-sinf o’quvchilari uchun tarbiyaviy tadbir senariysi
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 32,82 Kb. | | #233458 |
Bog'liq 9 SINF TADBIR
URGANCH TUMANIDAGI 2-SONLI UMUMIY O’RTA
TA’LIM MAKTABI 9-SINF O’QUVCHILARI UCHUN
TARBIYAVIY TADBIR SENARIYSI
MAVZU; Asrlarni munavvar aylagan siymolar
DARSNING BLOK CHIZMASI
№
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy ishlar
|
2 daqiqa
|
2
|
Uyda berilgan vazifalarni ko`rib chiqish
|
5 daqiqa
|
3
|
O`qituvchining suhbat usulidagi tushuntirishi
|
6 daqiqa
|
4
|
“Tanqidiy tafakkur”
|
8 daqiqa
|
5
|
Ko`rgazmali qurollardan foydalanib bahs-munozara tashkil etish
|
6 daqiqa
|
6
|
Sahna ko`rinishi
|
6 daqiqa
|
7
|
Ijodiy ish
|
8 daqiqa
|
8
|
Darsni yakunlash
|
2 daqiqa
|
9
|
Uyga topshiriq
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
A. Salomlashuv qismi
B. Navbatchi axboroti
Dars tipi: Yangi bilim berish.
Dars metodi: Savol-javob, suhbat.
DTS talablari:
O`quvchilarni milliylik ruhida tarbiyalash, zamonaviylik va
milliylikni uyg`ulashtirish.
Interfaol usullar:
“Tanqidiy tafakkur”, sahna ko`rinishi.
Dars jihozi:
1. Darslik;
2.Doska, bo`r;
3.Plakatlar (kiyinish to`g`risida);
“Sinfdosh” jurnali. 2024 yil № 1
Asrlarni munavvar aylagan siymolar
Assalomu alaykum, mehribonlar assalom,
Niyatlari xolis bo`lgan dilistonlar assalom.
Qutlug` bir sanani nishonlash uchun,
Yig`ilganmiz, barchamizning yuzumiz gulgun.
Assalom azizlar, do`st-qadrdonlar,
Qutlug`kun muborak ushbu xush onlar.
Halol mehnatingiz rohatin ko`ring,
Hur diyorda suring davr-u davronlar.
Bugungi davrada yonsin yuraklar,
Dillarda qolmasin zarra armonlar.
Xorazm elidan yo`llaymiz salom,
Navoiy va Bobur bobomlardan sizlarga kalom.
O`tgan bobolarni eslab biz bugun,
Poyiga gul qo`yib eslaymiz mudom.
Assalomu alaykum ushbu koshonaga yig`ilgan hurmatli ustozlar, bilimga chanqoq, bir-biridan tirishqoq aziz talabalar. Bugun biz nafaqat o`zbek xalqi tarixidan, balki jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim o`rin tutgan ikki buyuk zotning tavallud sanalarini nishonlash uchun yig`ildik. Asrlarni munavvar aylagan bu siymolar – Nizomiddin mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburdir.
Ikki daryo – Amu bilan Sir,
Ular suvi zaminga huzur .
Qiyos etgum bu ikki daryo -
Navoiy-yu birisi Bobur.
Suvdan zamin taniga rohat,
Navoiydan el olar ibrat,.
Bobur tuygan sog`inch-u mehr,
Har bir qalbda otadi kurtak.
Mustaqil diyorimizda o`zbek xalqining mutafakkir allomnasi, g`azal mulkining sultoni, ulug` bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 572 yilligi, buyuk shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530-yilli keng nishonlanmoqda.
Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she`r.
Temur tig`I yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
Bugungi ushbu badiiy kechamizni ochib berish uchun so`zni Pedagogika fakulteti dekani pedagogika fanlar nomzodi dotsent Anniyaz Xudoyberganovga Marhamat.
Sharq dunyosida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning alohida o`rni bor. Bu ikkala buyuk zot o`zlaridan keyin shunday ulkan ma`naviy meros qoldirdilarki, bu merosning asrlar osha qadri va ahamiyati oshib bormoqda . Zamondoshlarimiz Alisher Navoiy ijodidan komillikni, ma’naviy yetuklik asoslarini o`rgansalar, Bobur ijodida vatanparvarlikdan, yurtga sadoqatdan saboq oladilar.
Ha, bugun butun ulus sizga ta’zimda,
Siz bizga quyoshdek yuksak insonsiz
Qadringiz sarbaland mulki azimda
Siz bizga padarsiz, bizga sultonsiz.
Bu ikki ajdodimiz butun dunyo tarixida shunday chuqur iz qoldirganlarki, buning isbotini ular haqida buyuk shaxslar tomonidan aytilgan fikrlardan ham bilib olsak bo`ladi.
(Navoiy va Bobur haqidagi fikrlar)
Butun turk dunyosida “Shams ul-millat” yani millat quyoshi deb ulug`langan buyuk mutafakkir, olim musiqachi, rassom va davlat arbobi, o`zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotning Bog`i davlaxona atalmish joyida dunyoga keldi. Yoshligidanoq o`tkir zehni, buyuk iqtidori bilan barchani lol qoldirdi. Agar uning adabiy merosiga nazar tashlasak, o`zidan juda katta ma’naviy meros qoldirganligiga guvoh bo`lamiz Xususan 7-8 yoshlaridan boshlab she’rlar yoza boshlagan va 15 yoshida shoir sifatida tanilgan. O`zbekcha she’rlariga Navoiy, ya`ni “navo” degani kuy ohang, bahra, dard, g`am deganidir; forischa she’rlariga “Foniy” ya`ni o`tkinchi ma’nosida taxalluslarini qo`llagan. Navoiy o`z ijodida Sharq sheriyatining 16 xil janridan: g`azal, mustazod, muxammas, musamman, tarjiband, tarkiband, masnaviy, qasida, soqiynoma, qit’a, ruboiy, chiston, tuyuq, fard kabilardan foydalangan. Uning “Mahbub ul-qulub”, “Sabhatu abhur”, “Nazm ul-javohir”, “Hamsa”, “Tarixi mulki ajam”, “Muhokamat ul-lug`atayn”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” asarlari katta ahamiyat kasb etadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Farg`ona viloyoyatining poytaxti Andijonda tug`ilgan. “Zahiriddin” so`zining ma’nosi sergul daraxt , “Bobur” esa arabcha sher demakdir. U 1494-yilda otasi vafotidan so`ng Andijon taxtiga o`tiradi. O`z yurtini tashlab ketgan Bobur Shimoliy Hindistonda Boburiylar sulolasi hukmronligiga asos soldi. Bu yurt Yevro`pada “Buyuk mo`g`ullar imperiyasi” nomini olgan. Uning “Boburnoma”, “Mubbayin al-zakot”, “Muxtasar”, “Hind devoni” kabi asarlari mavjud. “Harb ishi”, va “Musiqa ilmi” asarlari asa hozirgacha topilmagan. Boburning she’riy merosi “Qobul devoni” va “Hind devon”larida jamlangan bizgacha uning 400dan oshiq she’rlari yetib kelgan. Shulardan 119tasi g`azal, 231tasi ruboiydir. Bobur lirikasining asosiy qismi g`azal, ruboiy, va tuyuq bo`lib, shoir masnaviy, qit’a, muammo, fard kabi janrlarda ham ijod qilgan. Shoir she’rlarida Vatan ishqi mavzusi yetakchilik qiladi ularning ko`pchiligi “Xasbu hol” xususiyatiga ega. Bobur she’rlarining deyarli hammasi benihoya samimiy tuyg`ular bilan yo`g`rilgan. Bunga ikkala shoirning ijod namunalardan tinglab o`zingiz ham guvoh bo`lasiz.
Navoiy-yu Bobur nazmiga, tushdiyu ko`zim,
Hayrat gulshanida unitdim o`zim
Suyuk tog`lar ichra bo`lib suyukroq
Buyuk tog`lar ichra bo`lib buyukroq
Navoiy ko`rinar ko`zimga mening
Nafasi urilar yuzimga mening
(Navoiy va Bobur ijodidan namunalar)
Alisher Naviy va Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub o`lmas ash`orlar, kuy va navolar bilan birga qalblarga orom shukuhlik baxsh etadi. Buni ularning g`azallari bilan aytilgan qo`shiq va navolarda yaqqol his etamiz.
O`qilmas kuylanar yozilgan bayti
Navoiy Bobur biz bilan yashaydi
Yozgan g`azallarin olarkanmiz yod
Ul zotning pokiza ruhlari ham shod. (Qo`shiq)
Ajdodlar yodini barhayot etish, ular qoldirgan adabiy merosini o`qib, sabog`idan ibrat olish bugungi kun yoshlarining ulkan vazifalaridan biridir desak yanglishmaymiz. A,isher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur lirik merosi ma’na necha asrlarki ijod ahli uchun ham na’muna, ham ilham manbai bo`lib xizmat qilmoqda. Pedagogika fakulteti “Boshlabg`ich ta’lim nazariyasi va metodikasi ” kafedrasi qoshida yosh ijodkor talabalarining “Iste’dod” to`garagi faoliyat ko`rsatmoqda. Bu to`garakga ustozimiz Javlon Matnazarov rahbarlik qilib kelmoqda Endigi navbatni shu to`garak rahbari va a’zolariga beramiz ular o`z ijodlaridan na’munalar o`qiydilar.
She`riyat bo`stonida izingiz,
Gullar kulgusida kezadi sabo
Izingiz bosmoqda o`g`il qizingiz,
Ruhing qo`llasin Navoiy bobo.
Dunyoda yagona o`zbek degan nom
Tilimiz Ollohdan berilgan in’om
She’riyat quyoshi Alisher bobom
Faxrla aytamiz olamga mudom
Biz ushbu kechada buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodini qay darajada bilamiz deb siz talabalar o`rtasida “ Tezkor savol-javob” o`tkazmoqchimiz. O`yin sharti quyidagicha: sahnaga xohlovchi 4ta talabani taklif qilamiz ular berilgan savollarga tezkorlik bilan to`g`ri javob berishlari kerak. Ko`p ball to`plagan talaba o`yinimiz g`olibi bo`ladi va sovg`aga ega bo`ladi marhamat talabalar.
Kuy xalqning o`rtangan yurak bag`ridir
Deydilar kuy xalqning orzu armoni
Kuy xalqning kurashi shoni
Kuy xalqning e’tiqodi va iftixori
(o`yin)
Hamsa haqida ma’lumot
(Z) Istadim sayr aylamoqni, Men g`azal bo`stonida
Kulmangiz, ne bor senga deb, Mir Alisher yonida
She’riyat dunyosi keng, Gulzori ko`p bo`stoni ko` p
Hark o`ngil arzini aytur, Neki bor imkonida
Ey, munaqqid, sen g`azalni, Ko`hna deb kamsitmagil
Sevgi ham Odam Atodin, Qolgan inson qonida
Nelarni ko`rmadi dunyoda bu bosh ,
U tarix bag`ridan yuzib o`tgan Yer.
Birov bo`lsa agar yerdagi quyosh,
Men uning ismini derdim – Alisher.
Istadi hayotda o`zgarsa holat:
Haqiqat bo`lsayu har ishda doim,
Birdek hukm sursa doim adolat.
Kurashdi kurashar ko`tsatib bardosh
Nazimda hamonki tirik Alisher.
Nelarni ko`rmadi dunyoda bu bosh,
U tarix bag`ridan yuzib o`tgan yer.
(Sahna ko`rinishi)
Tilimizda o`zingiz Navoiy bobo
Dilimizda o`zingiz Navoiy bobo
(Qo`shiq)
Kichik bir tomchida aks etar quyosh,
Tog`lar mehri bilan toshqin shalola
Buyuk bobolarimiz sizga egib bosh
Qalbimiz qatralarin etdik havola
Aziz zamondoshim, asrlarni munavvar aylagan siymolar – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburni yod etish, ularni o`qish va uqish har birimizning insoniy burchimizdir. Ularning ijod maydoni keng va rang barangdir. Bu bo`stondan guldastalar yasab undan bahramand bo`lish har birimiz uchun farzdir shuning bilan Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanalariga bagishlangan badiiy kechamizni yopiq deb e’lon qilamiz. Har birimizni buyuk ajdodlarimiz ruhi qo`llasin deymiz.
(Z) Navoiy ham Bobur qadrimiz-qardoshimiz
She’r bitishda izdoshi biz.
Elimiz yurtimiz bo`lgay obod,
Biz kelajak – barkamol avlod.
|
| |