• I-bob. Jahon xo’jaligida globallashuv tushunchasi. 1.1. Jahon xo’jaligida globallashuv tushunchasi.
  • Urinboeva hilolaning




    Download 0,55 Mb.
    bet2/9
    Sana24.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #104544
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Globalization savdo sohasida o\'zaro hamkorlikni rivojlantrishning (2)

    Kurs ishining maqsadi kapital bozorining xususiyatlarini o'rganish va ochib berishdir. Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalarni hal qilish kerak: kapital va foizlarning mohiyatini ochib berish, kapitaldan foydalanish narxi sifatida.
    Kurs ishining vazifasi: ushbu kurs ishining vazifasi shundan iboratki xalqaro capital bozori, uning rivojlanish qonuniyatlari, xalqaro capital aylanishi, haqida talabalarga bilim ko’nikma malakalarni shakllantirishdir.

    I-bob. Jahon xo’jaligida globallashuv tushunchasi.
    1.1. Jahon xo’jaligida globallashuv tushunchasi.

    Globallashuv (globalizatsiya) lotincha “glob” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan uni “dumaloqlashuv”, “kurralashuv” deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi. “Global” tushunchasi lug‘aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida “umumiy”, lotin tilida esa “globus”-Yer shari” ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta muammolarni, “sayyoraviy”, “dunyoviy” muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o‘ziga qamrab oladi.


    Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan[1]. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan[2]. Globalizatsiya atamasi birinchi bo‘lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo‘llanilib kelingan. Ammo bu so‘zning to‘liq ma’nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to‘liq ochib berilgan.
    “Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan[3][1]. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz “globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so‘zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo‘jaligi rivojlanishining ob’ektiv jarayoni bo‘lib, juda ko‘p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo‘jaligining o‘zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnalogiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko‘maklashuv bilan tasdiqlanadi. Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.[4] Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo‘lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e’tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, AntiDaos kabi bir necha antiglobilistlarni kiritish mumkin. Globallashuv bosqichiga mintaqalashuv bosqichini bosib o‘tish lozim.
    Vaholanki, globallashuv yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildievning ta`kidlashicha, “...eng umumiy ma`noda, globallashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar va butun Er yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga dahldor ekanini anglatadi”[5][2]. V.I.Danilov-Danil`yan esa “Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas”[6][3], - deb yozgan edi. YUqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki, globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi bilan alohida ajralib turadi. SHuning uchun ham S.Otamuratov “...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda”[7][4]. 1980-1990 yillar bo’sag’asida “globallashtirish” tushunchasi yangi talqinga ega bo’ldi: asli yaponiyalik keyinroq amerikalik mashhur iqtisodchi K.Ome ta'riflab bergan mazkur atamaning ommaga tushunarli bo’lgan ifodasidan jahon xo’jaligi rivojlanishining nisbatan yangi qirralari va tavsiflari, uning dastlabki taraqqiyot bosqichlaridan farqlanuvchi hozirgi holatini ko’rsatish uchun tatbiq eta boshladilar.
    Proffesor A. Katsovich globallashtirish jarayonini tasvirli yoritilishi va jahon xo’jaligining yangi tavsiflari yuzaga kelishi: “Globallashtirish chegaralar orqali iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni intensifikatsiya qilish orqali aniqlanishi mumkin. Globallashtirish – bu erkin savdo to’g’risidagi bitimlar uyg’unligi, jahonni yagona va o’ta raqobatli bozorga aylantirgan Internet hamda moliyaviy bozorlarning birlashishidir”, degan taklifni kiritadi[8].
    Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-moqda. Lekin uning er kurrasining bir butunligini ifodalash va barcha soqalarning «yagonaligini» ta’minlash jarayoni, omili si-fatida qarash umumiy qarashlardan ustuvor bo‘lib kelmoqda. Jum-ladan, rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umum-lashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko‘rsatadi:
    Bilim jiqatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma’-lumligi.
    Emotsional - bu ma’lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
    Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.5
    Uning ta’kidlashicha, Sankt-Peterburg Universitetining siyo-siy psixologiya fakulteti psixologlari globallashuvni jaxrnda siyosiy qokimiyatning yangi shakli sifatida tushunadilar. Bu siyo-siy hokimiyat yangi shakllarining instrumentlari quyidagilardir:
    informatsion globallashuv - informatsiya soh_asidagi o‘zgarishlar;
    iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy soqadagi o‘zgarishlar;
    mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o‘zgarishlar;
    demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instru-menti bo‘lib, insondagi barcha asosiy o‘zgarshdlarni o‘ziga qamrab oluvchi o‘zgarishlardir.
    SHuningdek, muallif ularning har birining o‘ziga xos xususi-yatlari haqida batafsil fikr yuritgan.6
    Yana bir rus olimi L.E. Grininning fikricha, «Globallashuv -mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir».7U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. «Globallashuv - bu jarayon, uning nati-jasida dunyo o‘zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana qam bog‘liq bo‘ladi»8.
    Rus olimlaridan yana biri professor A.G. Kosichenko qam glo-ballashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: «Globalla-shuv ko‘p o‘lchamli jarayon, u o‘z ta’sir doirasiga gurli usul va vositalar bilan barcha soqalarni qamrab oladi». Ayni paytda uning fikricha, «iqtisodiyotning o‘ziga xos qukmronlik ta’siri bugun ja-hon hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lmoqda».'
    2006 yilda «Globallashuv» tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan ta’si-rini aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari qamkor-ligida «Globalistika mejdunarodnsh mejdissiplinarnsh ensik-lopedicheskiy slovar» tayyorlanib e’lon qilindi. Unda globalla-shuv tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif berganlar va uning ta’-sir doirasini aniqlashga qarakat qilingan. Jumladan, amerika-lik olim T.Fridman bu qaqda shunday ta’kidlaydi: «Globallashuv - bu «sovuq urush tizimini» almashtirgan yangi tizim»10. Keltiril-gan fikrdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiyotda kechayotgan globalla-shuv jamiyat, mamlakat va xalqlar qayotining barcha soqalariga o‘zi-ning ta’sirini o‘tkazmoqda. SHuning bilan birga uni o‘z davrida jahonni larzaga solgan va butun insoniyatga xavf tug‘dirgan «sovuq urush» bilan tenglashtirgan mualliflar qam bor. Haqiqatdan qam, yuqorida mualliflar tomonidan ilgari surilayotgan fikrlarda glo-ballashuvning iqtisodiyotga, siyosatga va jahon miqyosidagi jarayon-larga o‘tkazayotgan ta’siri keng qamrovli ekanligi ko‘rsatib beril-gan. Ayniqsa uning iqtisodiyotga o‘tkazayotgan ta’siriga asosiy e’ti-bor berilganligini ta’kidlash lozim. Haqiqatan qam iqtisodiyot-dan manfaatdor bo‘lmagan insonning o‘zi yo‘q. U inson h.ayot kechiri-shining moddiy asosini tashkil qiladi. SHuning uchun qam iqtiso-diyotdagi globallashuv milliy ma’naviyatda ham o‘z ifodasini topa-di. Afsuski, yuqorida mualliflar tomonidan bildirilgan fikr-lardan ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy ma’naviyatga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri e’tibordan chetda qoldirilgan. Bu ja-rayonda iqtisodiy globallashuv milliy ma’naviyatning globallashu-vida vosita vazifasini bajaradi. Ana shu muqim jiqat muallif-lar e’tiboridan chetda qolganligini ko‘rish mumkin. SHuning bi-lan birga T. Fridmanning globallashuvning «sovuq urush» siyosati bilan tenglashtirilganligi zamirida ham katta ma’no bor. Haqiqat-dan ham bugun u butun insoniyat, ayniqsa uning oliy qadriyatlari-dan biri bo‘lgan millatlar taqdiriga solayotgan tahdidini «sovuq urush» siyosatiga tenglashtirish mumkin. Respublikamizda qam tadq-iqotchilarimiz tomonidan globallashuv jarayonini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Hali bu masalaga bag‘ishlangan fundamental tadqiqotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa qam bir qator ilmiy jiqatdan pishiq bo‘lgan maqolalar e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Jumladan, «Globallashuv ziddiyatlari»,11 «Ada-biyotida globallashuv jarayoni»,12 «Xalqaro globallashuvning chuqurlashuvi»13 va boshqa maqolalarda uning ba’zi bir jiqatlariga to‘la-qonli ta’rif keltiriladi. Aytish joizki, mazkur maqolalarda ham «Globallashuv» jarayon sifatida talqin etilganligini ko‘rish mum-kin.


    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,55 Mb.