Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/31
Sana11.12.2023
Hajmi7,14 Mb.
#115499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
8 SINF INFORMATIKA

Kirish
 
 
Informatika va axborot texnologiyalari 7-sinf darsligi 2019-yildagi Cambridge ICT Starters: On Track 
Stage 2 kitobi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu darslikda On Track'dagi barcha modullar toʻliq qamrab 
olingan boʻlib, ular yordamida AKT rivojlanishining keyingi bosqichlarida keng qamrovli bilim, ko„nikma 
va maʼlumotlarga ega boʻlasiz. Modullarni istalgan tartibda oʻrganish mumkin.
Ushbu darslikda dasturlash, veb-sayt dizayni, video va animatsiya bo„yicha kompetensiyalaringizni 
yanada chuqurroq rivojlantirish uchun zarur bilim va amaliy ko„nikmalar jamlangan.
Bu darslik quyidagi materiallardan tashkil topgan:
vazifa namunalari;
amalda qoʻllashdan oldin ko„nikmalarni shakllantirish uchun mashg„ulot va topshiriqlar;
o„zlashtirishni tekshirish uchun yakuniy loyihalar;
ixtiyoriy ssenariylar va oʻzini sinab koʻrmoqchi boʻlganlar uchun murakkab masalalar.
Bu materiallar tajribali oʻqituvchilarning koʻmagi bilan darslarida foydalanish uchun moʻljallangan. 
Mashg„ulotlar, topshiriqlar, ko„nikmalar va mashqlar kompyuterdan foydalanish zarur boʻlgan real 
vaziyatlardan kelib chiqib belgilangan. Har bir modulning boshlanish qismida “Boshlashdan avval...” 
rukni mavjud. Bu ruknda sanab o„tilgan amallar sizni har bir ko„nikma haqida bilim va tushunchangizni 
namoyish qilish uchun yakuniy loyiha sari olib borishga moʻljallangan.
Ayrim mashqlar avvaldan tayyorlangan fayllarni ochishingizni talab qiladi. Ushbu fayllarni 
o„qituvchingiz sizga mashg'ulot paytida taqdim etadi.
Bu darslikdagi mavzularda Scratch, Notepad, Pencil 2D, Adobe Spark va Audacity dasturidan misollar 
keltirilgan. Ulardan foydalanish raqamli ko„nikmalaringizni oshirib, kitobdagi mashqlarga bajarishni 
osonlashtiradi.
Umid qilamizki, ushbu darslik sizga unutilmas tajriba va foyda keltiradi.
Omad yor boʻlsin!

Download 7,14 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining

Download 7,14 Mb.
Pdf ko'rish