|
Maqsadli dasturlash
Quyidagilarni bilib olasiz:
•Bog'liq 8 SINF INFORMATIKA1
Maqsadli dasturlash
Quyidagilarni bilib olasiz:
• oʻzgaruvchilardan foydalanish;
• translyatsiyani amalga oshirish;
• sprayt libosini oʻzgartirish;
• oʻyin fonini oʻzgartirish;
• toʻqnashuvlarni aniqlash;
• taymerdan foydalanish va kutish;
• tasodifiy raqamlardan foydalanish.
Bu yangi amaliy koʻnikmalar nima ekani va qanday ishlatilishini bilib olsangiz, oʻyinni loyihalashda
ular haqida fikrlay olasiz.
Boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz lozim:
• Scratch yordamida oddiy dasturlar, jumladan, ketma-ketliklar, takrorlash va protseduralarni
yaratish;
• dasturni ishlashiga amin boʻlish uchun muammolarni hal qilish;
• dasturni rejalashtirish uchun blok-sxemalarni ishlatish va yaratishda tajribaga ega boʻlish.
Kirish
Kompyuter dasturlari yaratilishidan oldin rejalashtirilishi va loyihalashtirilishi kerak. Bu odatda
Dasturni ishlab chiqish sikliga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Bu kompyuter dasturini
rejalashtirish, loyihalash, yaratish, tekshirish va yaxshilashga imkon beruvchi tizimli amallar
ketma-ketligidir.
Quyidagi sabablarga koʻra dasturlar birinchi navbatda rejalashtirilishi muhim:
• dastur nimani bajarishini aniqlab olish;
• uning ustida ishlayotgan jamoadagilarning barchasi talablarni toʻliq tushunganiga ishonch
hosil qilish;
• oʻyinni xohlovchilar (insonlar guruhi) uning funksiyalaridan mamnunligiga amin boʻlish.
Bu rejadan foydalanib dastur qanday ishlashini, masalan, blok-sxemalar yordamida loyihalash
oʻrganiladi. Bu ishni boshlashdan oldin har qanday muammoni aniqlashga imkon beradi va buni
yoʻl-yoʻlakay oʻylab topmayotganingizni bildiradi!
Dasturni yaratgandan keyin uning toʻliq ishlashi va biror muammosi yoʻqligini tekshirish zarur.
Agar mijoz maʼlum dasturni ishlab chiqishni soʻragan boʻlsa, u nimani xohlayotgani haqida aniq
tasavvurga ega bo„lish lozim. Chunki ular xohlagandek dastur yaratilmasa qilingan ishga haq
toʻlanmasligi mumkin.
|
| |