1
Maqsadli dasturlash
6.1-mashgʻulot
Yangi Scratch dasturini yarating.
Bitta dinozavr spraytini qoʻshing.
Foydalanuvchi strelkali tugmalarni bosganida dinozavr yuqoriga, pastga, chapga va oʻngga
harakatlana olishi uchun bloklar qoʻshing.
Qizil toʻrtburchak qoʻshing.
Agar dinozavr qizil shaklga tegsa, xabarni aytsin.
6.2-mashgʻulot
Ushbu dasturga yashil doira qoʻshing.
Agar dinozavr yashil shaklga tegsa, boshqa xabarni aytsin.
6.3-mashgʻulot
Yana qizil va yashil shakllar qoʻshing. Tegish buyruqlarini koʻp qoʻshish kerak emas. Dinozavr
biror rangga har safar tegganida bir xil xabarni aytishi lozim.
6.4-mashgʻulot
Biror hasharot spraytini qoʻshing.
“Hasharotlar” nomli oʻzgaruvchi yarating. Qanday qilib
oʻzgaruvchi yaratish bilan tanishish uchun
4-amaliy
koʻnikmaga qayting.
Dinozavr har safar hasharot spraytiga tegganida
“Hasharotlar” oʻzgaruvchisiga 1 ni qoʻshing.
6.5-mashgʻulot
Dinozavr hasharot spraytiga tekkanida hasharot sprayti
gʻoyib boʻlsin.
Looks
menyusidagi
blok spraytni yashiradi.
Show spraytni paydo qiladi.
6.6-mashgʻulot
Yana hasharot spraytlarini qoʻshing.
Dinozavr har safar istalgan hasharot spraytiga tegganida
“Hasharotlar” oʻzgaruvchisiga 1 qoʻshing va hasharotlar
gʻoyib boʻlsin.