1 Maqsadli dasturlash
Vaqt bilan ishlash Scratchda vaqt bilan ishlashning ikki xil usuli mavjud:
taymer va wait funksiyasi orqali.
Taymer Scratchda voqeaning vaqtini belgilashda foydalanish
uchun ichki taymer mavjud. Masalan, 10 soniyadan keyin
yangi sprayt paydo boʻlishi mumkin.
Dastur ishga tushishi bilan taymer ishlashni boshlaydi.
Keyin if operatoridan foydalanib qancha vaqt oʻtganini
tekshirib koʻrish mumkin. Masalan, if timer > 5, then... Taymer bloklari
Sensing menyusida joylashgan.
Blok
joriy vaqtni oladi (soniyada). Agar
katakchaga belgi qoʻyilsa, ekranda taymer qiymati paydo
boʻladi.
bloki taymerga 0 ga qaytish va hammasini
boshidan boshlash buyrugʻini beradi.
Bu sprayt dasturi taymer qiymatini doimiy tekshirib turadi.
Agar taymer qiymati 5 dan oshsa, u spraytni yashiradi.
Wait funksiyasidan foydalanish Faqat bitta taymer mavjud. Shu bois agar turli vaqtda koʻplab
turli amallar sodir boʻlishini istasangiz va taymerni bekor qilishda
davom etsangiz, jarayon juda murakkablashib ketadi.
Taymerni wait funksiyasi bilan birga ishlatish mumkin. Wait bloki
kiritilgan soniya davomida bu kod ketma-ketligini toʻxtatadi,
keyin davom etadi.
Wait bloki
Control menyusida joylashgan.
31
Ketma-ketlikni toʻxtatish va istalgan soniyani belgilash uchun blokni olib borib, soniya
qiymatini
kiritish lozim. Bu kodning faqat shu boʻlimini toʻxtatadi.
10.1-mashgʻulot Yangi Scratch dasturini yarating. Ikkita kostyumli sprayt qoʻshing.
Bloklarni shunday qoʻshingki, sprayt 5 soniyadan keyin kostyumini almashtirsin, yana 10
soniyadan keyin birinchi kostyumga qaytsin.