Dasturni debaglash jarayoni (xatolarni tuzatish) Qaysidir vaqtga kelib dastur siz istagan narsani bajarmaydi. Bu test jadvalini qoʻllaganingizda yuz
berishi mumkin. Biror qismini xato ishlashi uchrab turadigan holat! Hech kim hamma narsani
birinchi martadayoq toʻgʻri bajarmaydi (hatto mutaxassislar ham).
Ahamiyatga ega boʻlgan yagona narsa – tuzatish uchun nima va qayerda xato boʻlganini
aniqlashtirib olish. Xatoliklarni topish xatolarni tuzatish yoki debaglash deb ataladi.
Dasturdagi muammoni tuzatishning koʻplab usullari mavjud. Ulardan ikkitasi quyidagilar:
• Dasturni mustaqil ravishda ishga tushiring va har bir qadam nimani bajarishini aniqlang
(10-amaliy koʻnikmaga qarang). Har bir bosqichni tekshirib, qayerda aslida qilinishi kerak
bo„lgan, lekin qilinmagan jarayonlarni aniqlash mumkin.
• Dasturni doʻstingizga oʻqib bering. Unga dastur nima qilishi lozimligini aytib bering. Keyin
qayerda notoʻgʻri ishlayotganini aniqlash uchun doʻstingiz bilan har bir qadam ustida ishlang.
Har doim nima notoʻgʻri ishlagani va uni qanday tuzatganingizni yozib borish foydalidir.
Oʻzgarishlarni aks ettiruvchi hujjat yaratgan holda buni amalga oshirish mumkin (yaʼni nima
notoʻgʻri ishlaganini yozib olasiz).
13.3-mashgʻulot va
burilishi kiritiladigan test jadvali tuzing.
13.4-mashgʻulot Barcha
testlarni bajaring.
Debaglash:
1 Maqsadli dasturlash
Ssenariy Ajdarni parvarish qilish “Ajdar” dasturida quyidagi spraytlar mavjud. Baliqlardan bittasi ayni paytda koʻzga koʻrinmaydi.