14.1-mashgʻulot
Oʻyin quyidagi amallarni bajarishi kerak:
• Yuqoriga strelkasi bosilganda ajdar yuqoriga harakatlanadi.
• Pastga strelkasi bosilganda ajdar pastga harakatlanadi.
• Oʻngga strelkasi bosilganda ajdar oʻngga harakatlanadi.
• Chapga strelkasi bosilganda ajdar chapga harakatlanadi.
Bu yerda ikkita yangi blok mavjud:
Blok
Tavsifi
x koordinatasi katakdagi raqamga ortib boradi:
x – gorizontal joylashuv.
y
x
Agar x musbat, masalan, 10 boʻlsa, sprayt oʻngga
harakatlanadi.
Agar x manfiy, masalan, -10 boʻlsa, sprayt chapga
harakatlanadi.
y koordinatasi katakdagi raqamga ortib boradi:
y – vertikal joylashuv.
y
x
Agar y musbat, masalan, 10 boʻlsa, sprayt
yuqoriga harakatlanadi.
Agar y manfiy, masalan, -10 boʻlsa, sprayt pastga
harakatlanadi.
1
Maqsadli dasturlash
Dasturda xatolik mavjud.
Sinov tariqasida ishlatish orqali koddagi xatolikni aniqlang.
Xatolik qayerda?
Daftaringizda quyidagi vazifani bajaring. Darsligingizga yozmang.
14.2-mashgʻulot
Oʻyin quyidagi amallarni bajarishi kerak:
• Yashil tugma bosilganda ajdar oʻsishi (hajmi kattalashishi) kerak.
• Qizil tugma bosilganda ajdar pasayishi (hajmi kichrayishi) kerak. Bu
yashil tugma kodi.
Bu qizil tugma kodi.
Bu ajdarning kodi.
Bu yerda yangi blok mavjud:
Blok
Ta’rifi
Bu sprayt oʻlchamini oʻzgartiradi. 100% odatiy
oʻlcham hisoblanadi. 50% lik qiymat Sprayt
oʻlchamini teng yarmigacha kamaytiradi.
200% lik qiymat Sprayt oʻlchamini ikki baravarga
orttiradi.