|
Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqiningBog'liq 8 SINF INFORMATIKAMaslahat
Koʻplab ajdar
spraytlarni
yaratish kerak. Ular
harakatlanishi shart
emas. Har bir ajdar
muayyan vaqtda
paydo boʻladi va
muayyan vaqtda
gʻoyib boʻladi. Har
safar oʻyinchi ajdar
ustiga bosganida
ball oladi! Bu oʻyinda
oʻzgaruvchilar va
taymerlar kerak
boʻladi.
11.1-mashgʻulot
Oʻyin uchun kirish maʼlumotlarini belgilab oling.
Quyidagilar haqida fikr yuriting:
1. O„yinni oʻynash uchun foydalanuvchi nima qilishi kerak?
2. Nimani bosishi kerak? Yoki nimani kiritishi kerak?
11.2-mashgʻulot
Oʻyinda kerakli natijalarni belgilab oling.
Quyidagilar haqida fikr yuriting:
1. Chiqarish talab qilinadigan biror xabar bormi?
2. Aks ettirish talab qilinadigan biror tasvir bormi?
3. Qaysidir ranglarni oʻzgartirish kerakmi?
11.3-mashgʻulot
Oʻyinda kerak boʻladigan jarayonlarni belgilab oling.
Quyidagilar haqida fikr yuriting:
1. Biror narsani harakatlantirish kerakmi?
2. Biror narsani oʻzgartirish kerakmi?
11.4-mashgʻulot
Oʻyin uchun bir yoki bir nechta blok-sxema yaratish kerak.
9.3-mashgʻulotdagi jarayonlarga qarang va shular protseduralar boʻlishi haqida qaror
qabul qiling.
Oʻyinning oʻzi alohida protsedura boʻlishi lozim boʻlgan har bir qismini yozib oling.
11.5-mashgʻulot
9.4-mashgʻulotda belgilangan har bir protsedura uchun blok-sxema yarating.
11.6-mashgʻulot
“Hitch the Dragon” – foydalanuvchi ekranda paydo boʻluvchi ajdarlar tanlanadigan oʻyindir.
Ajdarlar turli joylarda, turli vaqtda paydo boʻladi. Oʻyinchida imkon qadar koʻproq ajdarni
urish uchun 30 soniya boʻladi.
Kirish maʼlumotlari, ishlov berish jarayonlari va natijalarni belgilab olgan holda oʻyin rejasini
tuzing.
Oʻyin qanday ishlashini loyihalashtirish uchun blok-sxema chizing.
|
| |