• 117-rasm. Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi
  • Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi.
  • -rasm. Mexanik uzatmalar qutisi




    Download 2,29 Mb.
    bet4/11
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,29 Mb.
    #132990
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
    115-rasm. Mexanik uzatmalar qutisi





    116-rasm. Gidravlik uzatmalar qutisi

    Dvigatelga kelayotgan burovchi momentning yo‘nalishini o‘zgartirish sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. Dvigateldan kelayotgan burovchi moment birlamchi (Yetaklovchi) va (1), shesterda (2) dan oraliq val (3) ga uzatiladi, so‘ngra burovchi moment orqaga yurishni ta’minlash (4) shesternasidan o‘tadi va o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, yo‘nalishi o‘zgargan burovchi moment (yetaklanuvchi) ikkilamchi val (5) dan yetaklovchi g‘ildiraklarga yetkaziladi.





    117-rasm. Burovchi moment yo‘nalishining o‘zgarishi

    Tishli g‘ildiraklarning qo‘zg‘almas o‘qli, uch valli, uch pog‘onali uzatmalar qutisining sxemasini quyidagi rasmda ko‘rib chiqamiz. Yetakchi (1), yetaklanuvchi (8) va oraliq (15) vallar, yetakchi va yetaklanuvchi vallar quti (16) da podshipniklarda o‘rnatilgan. Yetakchi valda oraliq valning g‘ildiragi (14) bilan doimiy ilashishda turgan shesterna (2) qattiq qotirilgan. Yetaklanuvchi valning g‘ildirak-koretkasi (6) val bilan shilitsalar yordamida shunday birlashtirilganki, uni val bo‘yicha surish mumkin. Xuddi shunday, etaklanuvchi valdagi tishli mufta (3) ni val bo‘ylab siljitish mumkin. Tishli g‘ildirak (5) bu valda erkin o‘rnatilgan va shesterna (13) bilan doimiy ilashishda bo‘ladi.




    Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi.

    Yuk avtomobilining to‘rt pog‘onali uzatmalar qutisi cho‘yan karterga ega bo‘lib (18) karter shpilkalari yordamida ilashish muftasi karteriga mahkamlangan. Karter qopqog‘i (26)da uzatmalar qutisini boshqarish mehanizmini joylashgan. Karter chap tomonida, moyning me’yoriy sathiga mos keluvchi balandlikda moy quyish teshigi mavjud. Karter tubidagi teshik moyni to‘kish uchun xizmat qiladi.
    Karterga etakchi (23), yetaklanuvchi (10) va oraliq vallar (20) podshipniklarda o‘rnatilgan. Vallarga bo‘ylama ta’sir etuvchi kuchlar sharchali podshipniklar (22,9 va 11) tomonidan qabul qilinib, ularning tashqi oboymasi karterga maxkamlangan. Etakchi val shesterna (24), tishli gardish va konus bilan bir butun qilib ishlangan. Yetaklanuvchi valga: birinchi pog‘onaning g‘ildirak karetkasi 6 shlitsli, ikkinchi G va uchinchi pog‘onalarning g‘ilditaklari (4 va 5) bronza vtulkalarga va sinxronizator (21) ning gupchagi shilitsga o‘rnatilgan. Oraliq val to‘rt tishli g‘ildiraklar bilan bir blokda ishlangan. G‘ildirak (19) yetakchi valning shesternasi bilan, ikkinchi va uchinchi pog‘onalar shesternalari (17 va 16) esa yetaklanuvchi val g‘idiraklari (4 va 5) bilan domiy ilashishda. O‘q (13) da orqaga yurish tishli g‘ildiraklari (14 va 15) bloki o‘rnatilgan. Uzatmalar qutisining (6, 12, 14 va 15) tishli g‘ildiraklari egri tishga ega va doimiy ilashishda.
    Birinchi uzatmani qo‘shish uchun tishli g‘ildirak – karetka (6) o‘ng tomonga suriladi va shesterna (12) bilan tishlanadi. Ikkinchi uzatmani qo‘shish uchun tishli g‘ildirak-karetka chap tomonga surilib karetkadagi ichki tishli gardish g‘idirak (5)ning tashqi tishli gardish bilan tishlanadi. Uchinchi uzatmada sinxranizator (21) g‘ildirak (4) ning yetaklanuvchi val bilan bog‘laydi, to‘rtinchi uzatmada esa yetakchi val yetaklanuvchi val bilan bog‘lanadi. Bunda tishli g‘ildiraklar (12 va 14) hamda shesterna (15) g‘ildirak – karetka (6) bilan tishlanadi.
    Sinxranizator muftasi (34) yetaklanuvchi valga mahkamlangan tishli gupchak (39)da siljishi mumkin. Gupchakning uch pazida suxarlar (38) joylashgan bo‘lib, xalqa prujina (40) lar yordamida bo‘rtiqlari bilan muftaning aylana bo‘ylab o‘yiqlariga kiradi. Muftaning ikki tomoniga bronzadan blokirovkalanuvchi xalqalar (37 va 41) o‘rnatilgan. Blokirovkalanuvchi xalqalar tashqi tishli gardish va ichki konusli sirga ega bo‘lib, sirtning konuslik burchagi mos ravishda yetakchi (23) va uchinchi uzatma g‘ildirak (4) larning konusning sirtlardagi (35) kabidir. Aylana bo‘ylab tirqishiga ega bo‘lgan blokirovkalanuvchi xalqalar yon yuzasidagi pazlarga suxar (38) lar uchi o‘rnashadi.
    Uzatmalarni qo‘shishda, masalan, uchinchi uzatma, mufta (34), vilka (3) bilan g‘ildirak (4)tomon suriladi. Muftaning harakati boshida suharlar blokirovkalanuvchi xalqa (37)ni uchinchi uzatma g‘ildiragi (4) ning konusli sirti (35) ga yaqinlashguncha siljitadi. Ishqalanish kuchi ta’sirida konusli sirtlarda blokirovkalanuvchi xalqa (37) muftaga nisbatan buriladi va muftaning sirtlari xalqa (37) ning tishlariga tiraladi. Endi mufta ortiqcha siljiy olmaydi.



    Download 2,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2,29 Mb.