|
Oraliq birikma va kardan uzatmalari konstruksiyasi
|
bet | 7/11 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 2,29 Mb. | | #132990 |
Oraliq birikma va kardan uzatmalari konstruksiyasi
Reja:
Oraliq birikmalarning vazifasi va turlari
Bikr, yarim bikr va elastik muftalar
Kardan uzatmalarning vazifasi, turlari
Bir xil va xar xil burchak tezlikli kardan uzatmalari, ularning asosiy elementlari
Oraliq birikmalar geometrik o ‘qlari bir-biriga to‘g ‘ri kelmaydigan yoki nisbatan siljishi mumkin bo'lgan vallarga burovchi momentni uzatish uchun xizmat qiladi. Oraliq birikmalar ilashish muftasi vali bilan traktor uzatmalar qutisining birlamchi vali orasida o‘rnatiladi.
Sharnirlar soni bo‘yicha oraliq birikmalar:
a) yakka sharnirli;
b) qo‘sh sharnirli bo‘ladi.
Sharnirlar tuzilishi bo‘yicha:
a) qattiq;
b) yumshoq bo‘ladi.
MT3-5M, MT3J1C traktorlarining elastik oraliq birikmasi
Ko‘pchilik zanjirli va g‘ildirakli trak to rlard a yakka sharnirli (YuM Z -6 L /6M ) va qo‘sh sharnirli (T-4A, DT - 75M) elastik oraliq birikm alardan foydalaniladi. Bunday birikm alar vallar orasidagi burchak 3° gacha o ‘zgarganida burovchi m om entni uzatishga im kon beradi.
Qattiq o raliq birikm alar kam ishlatiladi (T -150, T - 150K). Qattiq va elastik elem entlari birgalikda qo‘llaniladigan birikmalar kombinatsiyasidan foydalanish mumkin (K-701).
MT3 -5M va MT3-5JIC traktorlarida elastik oraliq birikma ishlatiladi. U yetaklovchi (1) va yetaklanuvchi vilkalardan (2) tashkil topgan. Vilkalar bir-biriga nisbatan 90° li burchak ostida joylashgan va orasida to ‘rtta bo ‘shliq hosil bo‘lib, har biri ichiga prizmasimon rezina (3) joylashtiriladi. Rezinalar bloki (3) bolt (5), blok m ahkam lanuvchi prujinalar (4) bilan ushlab turiladi.
K-701 traktorida kombinatsiyalashgan oraliq birikma qo‘llaniladi (48-rasm). Burovchi moment yetaklovchi disk (5) orqali rezinali vtulkaga (4), barmoqlarga (3) va ichki tomonida tishli gardishi bo‘lgan disk (2 ) orqali yetaklanuvchi vilkaga uzatiladi. Tishli gardish bilan val (1) tishlashgan holatda bo‘lib, val uzatmalar qutisining kardan valiga flânes bilan ulangan. Val (1) dvigatel maxovigi karteriga mahkam langan tayanch qopqog‘i (9 ) ichiga ikkita sharikli podshipnikka (7 va 8 ) o‘rnatilgan.
Shuni aytib o‘tish joizki, oraliq birikmalar vallar o'qlari orasidagi burchak 5o gacha bo‘lganda burovchi momentni uzatadi, lekin o'lcham lari katta bo‘lganligi uchun zamonaviy traktorlarda ishlatilmaydi. Odatda amaliyotda oraliq birikmalarning ishlash muddatini oshirish maqsadida vallar o'qlari orasidagi burchak 2...3o gacha cheklab qo‘yiladi. Burchak katta bo‘lganida rezina elementlarning yeyilishi, zo‘riqishlarning siklligi katta bo‘lgani uchuii harorat ko‘tariladi, rezinaning yemirilishi, qattiqligi o‘zgaradi, natijada elastik oraliq birikma tezda ishdan chiqadi. Zamonaviy traktorlarda faqat kardan uzatmalar ishlatilmoqda.
|
| |