• Ishlash prinsipi.
  • Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi




    Download 2,29 Mb.
    bet3/11
    Sana09.01.2024
    Hajmi2,29 Mb.
    #132990
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi.

    Tishli mexanizmli pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Bunday uzatmalar qutisio‘zgartirilayotgan uzatishlar soni, odatda 4-5, ba’zida esa 8 va undan ko‘p qiymatga ega. Uzatishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, dvigatel quvvatidan shunchalik yaxshi foydalaniladi va yonilg‘i tejamkorligi ham ortadi, biroq bunda uzatmalar qutisining konstruksiyasi murakkablashadi, vazni og‘irlashadi, o‘lchamlari oshadi va mavjud harakat sharoitlari uchun optimal bo‘lgan uzatmalarni tanlash qiyinlashadi.


    Avtomobil uzatmalar qutisining tishli mehanizmlari odatda silindrik tishli g‘ildiraklardan iborat va qo‘zg‘almas geometrik o‘qli yoki planetar qilib tayyorlanadi. Ikkita ilashib turgan tishli g‘ildiraklarning kichigi shesterna, kattasi g‘ildirak deb ataladi.
    Ishlash prinsipi. Tishli uzatmalarda burovchi moment miqdori va yo‘nalishi har xil tishlar soniga ega bo‘lgan tishli shesterna va tishli g‘ildiraklarning o‘za’ro ilashishi hisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini hosil qilish hisobiga amalgam oshiriladi. Tishli shesterna A dan tishli g‘ildirak B ga burovchi moment uzatilganda uning miqdori 2 marotaba oshadi, chunki uzatishlar soni U=2 ga teng, lekin ikkinchi valning aylanishlar soni 2 marotaba birinchi valning aylanishlar soniga nisbatan kamayadi.
    Uzatmalar qutisida bir nechta etaklovchi va etaklanuvchi shesterna va tishli g‘ildiraklar o‘rnatish xisobiga bir nechta uzatishlar sonini olish mumkin. Masalan, yetaklovchi valga dvigatelning tirsakli validan kelayotgan burovchi mamenr tishli shesterna (yetaklovchi) A dan tishli g‘ildirak (yetaklanuvchi) B ga o‘tganda 2 marta oshadi. Yetaklanuvvchi valning (6) aylanishlar soni esa 2 marta kamayadi, so‘ngra 2 marta oshgan burovchi moment etaklovchi shesterna (V) dan yetaklanuvchi tishli g‘ildirakka o‘tganda uning qiymati ikki marta oshadi. Lekin etaklanuvchi valning aylanishlar soni ikki marta kamayadi. Dvigateldan kelayotgan burovchi momentning umumiy miqdori uzatmalar qutisidan uzatilganda 4 marta oshadi, valning aylanishlar soni esa 4 marta kamayadi.
    Xuddi shu tarzda pog‘onalar sonini oshirish xisobiga turli miqdordagi uzatishlar sonini olish mumkin va turli yo‘l sharoitiga mos ravishda yetakchi g‘ildiraklardagi burovchi momentni va avtomobil harakat tezligini ta’minlash mumkin.




    Download 2,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 2,29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pog‘onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi

    Download 2,29 Mb.