181
181
181
181
50–51-darslar. SHARTLI DASTURLASH. O‘YINLAR
YARATISH
O‘yinlar
multimedia dasturlari
deya tasniflanadi. Ushbu guruh dasturlari boshqa dasturlardan
murakkab
dasturiy mantiqi, ba’zi matematik hisob-kitoblari hamda real hodisalarga taqlid
qilishi bilan farqlanib turadi. Ayrim o‘yinlarda sun’iy intellektning ba’zi bir ko‘rinishlari ham
ishtirok etadi. Ko‘p foydalanuvchili o‘yinlarda foydalanuvchilar ko‘z oldida
ishlab chiqaruvchilar
tomonidan belgilangan qonunlar asosida yaratilgan virtual olam namoyon bo‘ladi. Bularning
barchasi
turli xil mantiqiy amallar, shartli tekshirish va takrorlashlar orqali amalga oshiriladi.
O‘yinning dastur kodida 3 ta asosiy mantiqiy blok mavjud:
1) foydalanuvchi va dastur tomonidan amalga oshirilgan voqealarni kuzatish;
2) obyektlar holatini vujudga kelgan voqealarga ko‘ra o‘zgartirish;
3) ekrandagi obyektlarni hozirgi holatiga ko‘ra aks ettirish.
Ushbu uchta bosqich o‘yin ishga tushganidan so‘ng son-sanoqsiz marta takrorlanadi.