190
190
VI BOB.
WWW-TEXNOLOGIYA VA HTML TILI
53–54-darslar. VEB-SAYT PROTOTIPINI ISHLAB
CHIQISH
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Prototip
(yun.
protos
– birinchi,
typos
– namuna) – ishlab
chiqiladigan mahsulot namunasi,
modeli,
maketi yoki oddiy
simulyatsyasi.
Har qanday mahsulotni ishlab chiqishda prototipning
ahamiyati katta hisoblanadi. U foydalanuvchi
yoki manfaatdor tomonlar mahsulotga qanday
munosabatda bo‘lishini bilish, takomillashtirilishi
lozim qismlarni aniqlash va
sifatli mahsulot yaratish
imkonini beradi.
Prototip tushunchasi
Prototip
mahsulotning arzon namunasi bo‘lib, u
mahsulot nuqsonlarini aniqlash, xususiyatlarini sinab ko‘rish va
takomillashtirishga yordam
beradi.
Prototiplar mahsulot haqida manfaatdor tomon, sherik yoki mijozlar qimmatli fikrlarini
to‘plash imkoniyatini beradi. So‘ngra olingan ma‘lumotlardan
ularning talablariga javob
beruvchi mahsulotni ishlab chiqishda foydalaniladi.
Prototip ishlab chiqishning afzalliklari:
• foydalanuvchi/manfaatdor tomonlarning mahsulot namunasi haqidagi fikrlarini
to‘playdi va ulardan mahsulot funksionalligini oshirishda foydalaniladi;
• omma e’tiboriga havola qilishdan oldin kamchilik va
muammolarini aniqlash hamda
yaxshilanishi kerak bo‘lgan qismlarni to‘g‘rilash orqali keraksiz xarajatlarni kamaytirishga
yordam beradi;
• jamoa hamkorligi va ish samaradorligini oshiradi;
• foydalanuvchiga mahsulot ishchi modeli bilan
muloqot qilish imkoni beriladi;
• mavhum g‘oyani moddiy mahsulotga aylantirishga yordam beradi;
• mahsulot g‘oyasi zaif ekanligi va uni ishlab chiqish qimmatga tushishini aniqlaydi.