191
Hikoyalar taxtasi
mahsulotni hikoya shaklida tasvirlaydi
hamda undan foydalanish, foydalanuvchi mahsulot bilan
qanday munosabatda bo‘lishini tasavvur
qilishga yordam beradi.
Diagrammalar
bir nechta kichik qismlar yordamida mahsulot
turli jihatlarini tasavvur qilishga, prototipni optimallashtirishga
yordam beradi. Prototipning bu turida
mind map
asosida
g‘oyani rivojlantirish va mahsulot turli elementlarini aniqlash
mumkin.
Animatsiya
– mahsulot qanday ishlashini tasavvur qilish uchun
chizilgan hamda ketma-ketlikda joylashtirilgan tasvirlar majmui.
Agar mahsulot mobil ilova bo‘lsa, foydalanuvchining bir ekrandan ikkinchisiga qanday o‘tishini
jonlantirish mumkin. Bu manfaatdor tomon yoki foydalanuvchilarga mahsulotning funksional
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda yordam beradi.
Yuqori aniqlikdagi prototiplar
interfaol va yuqori funksionallikka ega bo‘lib, ishlab chiqilgan
dizayn elementlarining aksariyati haqiqiy mahsulotga yaqinroq bo‘ladi.
Interfaol interfeysli maketlar
eskizlarning to‘liqroq
ko‘rinishi bo‘lib, o‘zida mahsulot uchun tanlangan ranglar
sxemasi, tipografiya va boshqa vizual elementlarni aks
ettiradi. Ular maxsus onlayn xizmatlar yordamida ishlab
chiqiladi.
Fizik modellar
– mahsulotning yakuniy ko‘rinishi, shaklini
aks ettiruvchi model.