55-dars. VEB-DIZAYN ASOSLARI. CSS TAYANCH TUSHUNCHALAR Veb-sahifa
– tarkibida matn, tasvir,
video, havola kabi ma’lumotlarni
saqlovchi Internetdagi sahifa yoki veb-
saytning bitta sahifasi.
CSS
(ing.
Cascading Style Sheets –
kaskadli stillar jadvali) – veb-sahifa
ko‘rinishini tasvirlash uchun stillar bilan
ishlay oladigan rasmiy til.
Selektor
P
{
font-family: Arial;
}
Deklaratsiya
195
kerakligi ko‘rsatiladi.
CSS deklaratsiyalari figurali qavs ichida yoziladi.
Deklaratsiyalarning har biri ikkita qism:
xususiyat va
qiymat dan iborat bo‘lib, ular ikki nuqta bilan ajratiladi.
Bitta deklaratsiyada bir nechta xususiyatni belgilash
mumkin, ularning har biri nuqtali vergul bilan ajratiladi.
Ushbu qoida hamma
,
,
elementlari Arial shriftida, ko‘k rangda ko‘rsatilishi
kerakligini bildiradi. Xususiyatlar o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan element atributni bildiradi
(masalan, rangi, shrifti, boyi, eni va hoshiyasi). Qiymatlar tanlangan xususiyatlar uchun
foydalanmoqchi bo‘lgan sozlamalarni belgilaydi.
CSS NI HTML-HUJJAT ICHIGA JOYLASHTIRISH. Eksternal usulda joylashtirish
Veb-sahifada ishlatiladigan CSS kodlari orqali hosil qilinadigan stillarning hammasi bitta
faylga yoziladi va serverda saqlanadi. So‘ngra sahifadan serverda saqlab qoyilgan faylga
murojaat qilib, kerakli stil olinadi. Bu usul katta hajmdagi veb-sahifalarni yaratishda samarali
hisoblanadi. Ushbu usulda hujjatning barcha sahifalarida bitta stil jadvalidan foydalaniladi.
Bunda har bir sahifada bir xil kodni takrorlash shart emas. Sayt stilini o‘zgartirish uchun faqat
bitta CSS faylni tahrirlash yetarli, shunda barcha sahifalar yangi stilga o‘tadi. Faylga murojaat
tegi ichida amalga oshiriladi.
elementi brauzerga HTML-hujjat sahifasi stilini o‘zgartirish uchun foydalaniladigan
CSS-faylga murojaatni amalga oshiradi. Bu ochiq teg ichida boshqa atributlarni jamlaydi.
U3 ta atributdan foydalanadi:
1) href atributi CSS fayli manzilini belgilaydi (ushbu fayl, odatda, “css” yoki “styles” deb
nomlangan papkada saqlanadi);
2) type atributi hujjat turini belgilaydi. Qiymati text/CSS;
3) rel atributi HTML-sahifa va bog‘langan fayl o‘rtasidagi munosabatni belgilaydi.
HTML-sahifada bir nechta CSS stil jadvallari ishlatilishi mumkin.
h1, h2, h3