• 3-DARS TARMOQ QURILMALARI TARMOQ QURILMALARI 159
  • Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/265
    Sana19.05.2024
    Hajmi49,29 Mb.
    #244032
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

    TAYANCH TUSHUNCHALAR
    Svitch yoki tarmoq kommutatori
    – lokal tarmoqda (LAN) 
    asosiy rol o‘ynaydigan tarmoq qurilmasi. Xab singari bir 
    nechta kompyuter yoki tarmoq qurilmalarini ulash uchun 
    ishlatiladi. 


    3-DARS
    TARMOQ QURILMALARI
    TARMOQ QURILMALARI
    159
    Agar router yoki marshrutizator xab yoki svitch bilan 
    taqqos-
    lanadigan bo‘lsa, router kengroq imkoniyatlarga ega, 
    ya’ni u ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, qanday 
    paketlanganligini aniqlash/o‘zgartirish va boshqa turdagi 
    tarmoqlarga uzatish xususiyatlariga ega tarmoq qurilmasi 
    ekanligi yaqqol ko‘rinadi. Deylik, ma’lumotlar belgilangan 
    hajmdagi paketlarga bo‘lingan. Bu paketlar kattaroq 
    paketlarni qayta ishlay olmaydigan boshqa turdagi tarmoq 
    orqali yuborilishi kerak. Bunda ma’lumotlar kichikroq paketlar sifatida qayta paketlanib, router 
    tomonidan tarmoqqa uzatiladi.
    Routerlar tarmoqdagi barcha xabarlar to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilganligi uchun tarmoq-
    dagi murakkab vazifalarning aksariyatini ular bajaradi. Ya’ni ular har bir ma’lumotni tahlil qilish 
    bilan birga xavfsizlik devori orqali tahdidlardan himoya ham qiladi.
    Bundan tashqari, router mahalliy tarmoqni Internetga ulaydi. Router simli yoki simsiz bo‘lishi 
    mumkin. Simsiz routerga smartfon va boshqa qurilmalar Wi-Fi orqal ulanishi mumkin. 
    Odatda, bunday routerlarda simli Internetga kirishni ta’minlash uchun ba’zi portlar mavjud 
    bo‘ladi. Aksariyat zamonaviy routerlar o‘zida modem va svitchlarni birlashtiradi. Hozirgi kunda 
    xonadon Wi-Fi routerlari bir vaqtning o‘zida router va modem/svitchning vazifasini bajaradi. 
    Bunda svitchlar Internet-provayder (Internet Service Provider)dan kiruvchi keng polosali 
    liniyalarga ulanadi hamda hisoblash qurilmalari qayta ishlashi uchun ma’lumotlarni raqamli 
    ko‘rinishga aylantiradi. 

    Download 49,29 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   265




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021

    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish