I I I BOB.
TARMOQ QURILMALARI
162
ahamiyatga ega. Tarmoq dasturiy ta’minotidan, asosan, tarmoq administratorlari foydalanadi,
tarmoq dasturlari esa tarmoq ichida ishlaydigan foydalanuvchilarga turli
amaliy vazifalarni hal
etish imkonini beradi.
Agar tashkil etilayotgan tarmoqda server mavjud bo‘lsa, unga server operatsion tizimini
o‘rnatish lozim. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda, turli server operatsion
tizimlari ichidan birini
tanlash mumkin. Qurilmalarni boshqarishga mo‘ljallangan dastur tarmoq administratoriga
tarmoqqa ulangan barcha qurilmalar ishini nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi.
Tarmoq dasturiy ta’minotining asosiy vazifalari:
– kompyuter tarmoqlarini tashkil etish va ishga tushirish;
– tarmoqdan foydalanuvchilarni qo‘shish
yoki chiqarish;
– tarmoq administratoriga ma’lumotlarning tarqalib ketishi, ruxsatsiz foydalanilishi va tar-
moqqa bo‘ladigan hujumlardan
himoya qilishda yordam beradi;
– tarmoq administratoriga ma’lumotlarni saqlash joylarini tashkil qilish, foydalanuvchilarga
esa ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.