3-DARS
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
TARMOQLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH
181
– Tashkil etilayotgan kompyuter tarmog‘ida kompyuterlar soni kam bo‘lib, ular о‘rtasida
kichik
hajmdagi fayllarni almashish zarur bо‘lsa, simsiz aloqa vositasi yetarli bо‘ladi.
– Noutbuk, planshet kabi kо‘chma qurilmalar uchun esa simsiz aloqa vositasi foydaliroq.
– Simsiz aloqada bino devorlari tо‘sqinligi oqibatida signal pasayishi, ma’lumotlarni ting-
lash ehtimoli mavjudligi sababli xavfsizlik ta’minlanmasligi mumkin.
Yuqoridagi sabablarni e’tiborga olgan holda tarmoqni aralash holda tashkil etish mumkin.
4-bosqich. Tarmoq qurilmalarini aniqlash
– Agar tarmoq mijoz/server arxitekturasiga asoslangan bо‘lsa, u holda
server qurilmasi kerak
bо‘ladi.
– Tarmoqdagi kompyuterlarni bir-biriga bog‘lash uchun router, svitch yoki xab qurilmalaridan
biri kerak bо‘ladi.
–
Xab arzon, lekin kam samarador bо‘lganligi uchun kam sondagi kompyuterlar uchun yaxshi
variant.
– Svitch xabga nisbatan qimmatroq va samaradorroq bо‘lganligi uchun, taxminan, 20–30 ta
kompyuterni ulashda foydaliroq.
– Router esa xab va svitchga nisbatan
eng samaralisi hisoblanadi, lekin uni sozlash uchun
tarmoq administratori kerak bо‘ladi. Routerlar, asosan, kо‘p sonli kompyuterlarni
birlashtirish
va boshqa tarmoqqa ulanish uchun kerak bо‘ladi.