|
-DARS
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI Pdf ko'rish
|
bet | 74/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres15-DARS
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
103
turadi. Mazkur Python kutubxonasi asosiy e’tiborni ilmiy ma‘lumotlarni qayta ishlash
jarayoniga qaratgan. Kutubxona foydalanuvchilarga spaCy kabi ko‘plab qo‘shimcha
imkoniyatlarni taqdim etgan.
TextBlob
Pythonning matnli ma‘lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan kutubxonasi
hisoblanadi. Kutubxona nutqni qismlarga bo‘lish va belgilash, nomlarni tahlil qilish,
foydalanuvchi his-tuyg‘ularini tahlillash, tarjima qilish va tilni aniqlash, wordnet integratsiyasi,
imlolarni tuzatish kabi imkoniyatlarga ega.
Sun’iy intellekt texnologiyasi tabiiy tilni qayta ishlash imkoniyati bilan birgalikda yangi
kasblarning rivojlanishiga yordam beradi. Kelajakda insonlarning kasbiy faoliyati bevosita
qaysidir robotlashgan texnologiyaga asoslanadi. Robotlar esa insonlar bilan qaysidir tilda
muloqot qilishi lozim. Ishonch bilan aytish mumkinki, kelgusida TTQI texnologiyasi insonlar
faoliyatida eng ommalashgan hamda barcha bilishi lozim bo‘lgan bilim sohasi sifatida
rivojlanadi.
WordNet
– 200 dan ziyod tilda so‘zlar o‘rtasidagi semantik va leksik munosabatlarni
to‘g‘ri shakllantirgan ma’lumotlar bazasi. WordNet so‘zlarni semantik munosabatlarga,
jumladan, sinonim, giponim va meronimlarga bog‘laydi. Sinonimlar qisqa ta’riflar va
ulardan foydalanish misollari bilan sinsetlarga birlashtirilgan.
1. TTQI texnologiyasi qaysi sohalarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin?
2. TTQI texnologiyasi qaysi dasturlash tili bilan birga rivojlanmoqda?
3. TTQI jarayoni nima uchun ma‘lum bir yondashuvlar asosida o‘rganiladi?
4. Pythonda TTQI texnologiyasi uchun qanday kutubxonalar mavjud?
5. TTQI texnologiyasi qanday tarkibiy qismlar (komponentlar)dan iborat bo‘lishi lozim?
6. Kompyuter o‘zbek tilida gapirishi va uni o‘quvchilarning tushunishi dars jarayoniga
qanday ta‘sir qilishi mumkin?
AMALIY FAOLIYAT
|
| |