I I BOB.
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
104
Android tizimidagi mobil telefonlar yordamida dasturdan foydalanish
jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
1-qadam.
Google Play Storedan Duolingo dasturi yuklanib,
mobil
telefonga o‘rnatiladi;
2-qadam.
Dastur ishga tushiriladi. So‘ngra dasturdan kerakli til
tanlanadi. Til tanlanganidan keyin savollarga quyidagi ketma-ketlikda
javob beriladi:
– Qaysi tilni o‘rganishni xohlaysiz?
(1)
– Dastur haqida qayerdan xabar topdingiz?
– Nima uchun til o‘rganmoqchisiz yoki qanday
motiv sababli bu tilni
o‘rganyapsiz?
(2)
– Kurs haqida ma‘lumot beriladi
(3).
– Bir kunda necha daqiqa vaqtingizni chet tilini o‘rganishga
ajrata
olasiz?
(4)
– Boshlang‘ich darajadan (0 dan) o‘rganasizmi yoki o‘rta darajadan
boshlab o‘rganasizmi?
(5)
1
foydalanish jarayoni bilan tanishish.
Duolingo sun’iy intellektga asoslangan bo‘lib, unda TTQI texnologiyasi qo‘llanilgan.
Dastur
ingliz tili kabi bir qancha chet tillarini tez va samarali o‘rgatish maqsadida 2011-yilda AQSHda
yaratilgan. Bugungi kunda foydalanuvchilar dastur orqali 37 tadan ziyod chet tilini o‘rganishi
mumkin. Ma‘lumotlarga ko‘ra, turli tillarni o‘rganish maqsadida dasturdan 300
mln dan ortiq
foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Dasturda chet tilini o‘rganish jarayoni qiziqarli o‘yin tariqasida
tashkil etilgan bo‘lib, chat-bot uning asosiy muloqot oynasi hisoblanadi. Unda o‘rganuvchilar
uchun qiziqarli ma‘lumot
beriladi, muloqot oynasida ularning bilimlari tekshiriladi va
mustahkamlanadi.
Duolingo dasturidan 3 xil usulda foydalanish mumkin:
1) kompyuter yoki mobil telefondagi Internet brauzeri yordamida duolingo.com
saytiga kirish
orqali;
2) Android tizimi uchun ishlab chiqarilgan *.app formatdagi dualingo nomli mobil dasturni
smartfonga o‘rnatish orqali (yuklab olish Google Play Store yordamida);
3) IOS tizimi uchun ishlab chiqarilgan *.ipa fayl formatidagi
mobil dasturni smartfonga
o‘rnatish orqali (yuklab olish manzili App Store).