O`quv markazga yangi qo`llanmalar kiritish jumladan kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar




Download 101.05 Kb.
bet5/18
Sana22.11.2022
Hajmi101.05 Kb.
#31216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Ilhomjon Usmonov Amaliyot 2022
1-ma\'ruza uchun taqdimot, Gestald, ishchi kurakchalar, 1- topshiriq, 13-Mavzu. Asosiy saqlovchi vositalar yordamida fuqarolarni muhof, 6 - UZ— копия, Chiziqsiz tenglamalar sistemasini yechishning iteratsion usullar, mustaqil ish4, Bolalar nutqini rivojlantirishning ilimiy pedagogik shart sharoitlari Kurs ishi, C, ЁРИТИШ МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ВАРИАНТЛАРИ ВА ТАЙЁРЛАНИШ САВОЛЛАРИ 2023, wpK4T4LipGrhd9jeTjU1OUHjE6KKqob90YmApEsZ (1), Открытый урок Творительный падеж , Tabiat o\'qitish metodikasi
O`quv markazga yangi qo`llanmalar kiritish jumladan kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar;
Kompyuter tizimlari
Kompyuter tizimi (KT) deganda – axborotni o‘lchash, uning shaklini o‘zgartirish va ishlash uchun mo‘ljallangan, funksional jihatidan birlashtirilgan hamda ist’emolchiga, ya’ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko‘rinishda axborotni (ma’lumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari – o‘lchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bo‘ladi.
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad – biror-bir jarayonni mantiqiy boshqarish vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika vazifalari, tasvirlarni ishlash va ko‘pgina boshqa-boshqa vazifalardan birini yoki bir nechtasini amalga oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish nisbatan oson bo‘lgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:
 o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan kompyuter tizimlari;
 avtomatlashtirilgan boshqarish uchun mo‘ljallangan kompyuter tizimlari;
 texnik diagnostika uchun mo‘ljallangan kompyuter tizimlari;
 tasvirlarni ishlash uchun mo‘ljallangan kompyuter tizimlari va hokazo boshqa-boshqa xildagi xozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter tizimlarining nomlarini keltirib ro‘yhatni davom ettirish mumkin. Masalan video filmlarni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan kompyuter tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni nashr qilish kompyuter tizimlari va hokazo.
Endi esa kompyuter tizimlarining bir-nechta belgilariga asosan quyidagicha umumlashtirilgan klassifikatsiyasini keltiramiz:
1.Qo‘llaniladigan sohasiga qarab – sanoatda, tijoratda, moliya va marketing sohalaridagi kompyuter tizimlari.
2.Boshqariladigan ob’ektning xiliga qarab – korxonadagi texnologik jarayonlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan KTlari, loyixalashni avtomat­lashtirish uchun mo‘ljallangan KTlari va korxonani boshqarish uchun mo‘ljallangan KTlari.
3.Natijaviy axborotni qanday qo‘llanilishiga qarab
– axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yig‘ish, saqlash hamda foy­dalanuvchining so‘roviga qarab kerakli ma’lumotlarni topib berish vazifa­larini bajaradi;
– axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
– axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari – bitta kompyuterli, ko‘p kompyuterli va ko‘p prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar – tezkor (on line) va tezkor bo‘lmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga to‘plangan holda, yoyilgan holda, ma’lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko‘p sathli ishlash vositalari sifatida quriladi.
Kompyuter tarmog’i haqida umumiy tushunchalar
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari olami juda tez rivojlanmoqda. Bugungi kunda Internet va uning xizmatlari ma’lumotlarni uzatish hamda qabul qilish tarmog‘i sifatida odatiy hayot turmush tarzi bo‘lib qolgan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat rivojlanishi va o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillardan biri bo‘lib, ularni qo‘llash ilm-fan, biznes va boshqa sohalarda yutuqlarga erishish imkon beradi, insoniyatning axborotlar resurslariga bo’lgan ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarini qoniqtirishini ta’minlaydi. Uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu kompyuter tarmoqlaridir. Kompyuter tarmoqlari haqida quyidagi ta’riflarni keltirib o’tamiz:
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq, va work–ish) – bu kompyuterlar o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.
Kompyuter tarmog`i – bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga uzatish muhiti yordamida o’zaro bog’langan tarmoqdir.
Kompyuter (hisoblash) tarmog’i – aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to’plami bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmoqlarining sohalar bo’yicha qo’llanilishi:
 Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlarning bitta printer, nushalovchi va boshqa qurilmalardan o’zaro foydalanish imkoniyati;
 VPN (Virtual Private Networks — virtual shaxsiy tarmoqlar) orqali keng maydonda biznes va boshqa sohalarda hamkorlikni yuritish;
 mijoz-server modelida bir kompyuterdan axborotlarni zahira saqlovchisi sifatida umumiy foydalanish va bir necha kompyuterlarni boshqarish;
 IP -telefoniya yoki VoIP (Voice over IP) texnologiyalari yordamida telefonli xizmatlardan foydalanish;
 e-commerce modelida elektron tijorat ishlarini onlayn yuritish;
 elektron jurnal va gazetalardan umumiy foydalanish;
 IPTV (IPTeleVision) texnologiyalari;
 Wiki, e-mail va internet ijtimoiy tarmoqlari va xakozo ko’plab imkoniyatlarni beradi.


Download 101.05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 101.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv markazga yangi qo`llanmalar kiritish jumladan kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar

Download 101.05 Kb.