• 2-bob. Davlat chegarasini kesib o‘tishning umumiy qoidalari
  • Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammadal-xorazmiynomidagi




    Download 189.59 Kb.
    bet9/12
    Sana22.06.2022
    Hajmi189.59 Kb.
    #24187
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Hisobot
    Sergey Aksakov. Olov gul (ertak)
    chegara nazorati — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining chegara nazorati bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda chegara nazorati bo‘linmalari deb ataladi) tomonidan Davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish, Davlat chegarasini va o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish holatlarining oldini olish maqsadida Davlat chegarasi orqali shaxslar va transport vositalariga, shuningdek, bojxona organlari bo‘lmagan o‘tkazish punktlarida esa tovarlarga nisbatan o‘tkazish punktlarida amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
    ekologik nazorat — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qo‘yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimi.
    2-bob. Davlat chegarasini kesib o‘tishning umumiy qoidalari
    3. Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.
    Bunda agar mazkur tovarlar va transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lmasa, ularni fitosanitariya va (yoki) veterinariya nazoratidan o‘tkazilmaydi.
    Muayyan tur va shakldagi nazoratdan ozod etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
    4. O‘tkazish punktida davlat nazorati organlari shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi hududiy organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
    Har bir o‘tkazish punktida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishning texnologik sxemasi davlat nazorati organlarining hududiy tuzilmalari va (yoki) o‘tkazish punkti ma’muriyati rahbarlari tomonidan kelishilgan holda joriy etiladi.
    Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirishda qurol-yarog‘, texnika, nazorat-texnika vositalari, muhandislik inshootlari, xizmat itlari, shuningdek, inson hayoti va salomatligi, hayvonlar, o‘simliklar uchun xavfsiz hamda tovarlar va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan dezinfeksiya vositalaridan foydalanish mumkin.
    5. Davlat chegarasini kesib o‘tishda “Qizil kitob”ga kiritilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq olib kirish va olib chiqish taqiqlangan o‘simlik hamda hayvonot dunyosi obyektlari, ularning qismlari, hosilalari, yashash faoliyati mahsulotlari, botanik va zoologik kolleksiyalar davlat ekologik nazoratidan o‘tkaziladi.
    Davlat ekologik nazorati obyektlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqish, shuningdek, uning hududi orqali tranzit olib o‘tishga qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.
    6. Bojxona organlari xodimlari tomonidan Davlat chegarasi orqali o‘tadigan shaxslarning avtotransport vositalari, tovarlar, qo‘l yuki hamda bagajini bojxona nazoratidan o‘tkazish jarayonida ekologik nazorat obyektlari aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof -muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari jalb qilinadi.
    Ekologik nazorat me’yor va qoidalari buzilishi aniqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof — muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari mutaxassislari qoidabuzarlik holatini rasmiylashtirish va hujjatlashtirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni amalga oshiradi hamda obyektni olib qo‘yish, utilizatsiya qilish yoki boshqa turdagi harakatlarni qo‘llash choralarini ko‘radi.
    7. O‘tkazish punktlarida nazorat tartib-taomillari davlat nazorati organlarining o‘zaro hamkorligida amalga oshiriladi.
    O‘tkazish punktlarida davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishga bojxona organi boshlig‘i va chegara nazorati bo‘linmasining rahbari mas’ul hisoblanadi.
    8. Quyidagilar davlat nazorati organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    shaxslar, transport vositalari va tovarlarni Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda birgalikda harakat qilish tartibi va usullarini belgilash;
    o‘tkazish punktlarida yoki ularga kirish joylarida shaxslar va transport vositalari tirbandligi yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
    Davlat chegarasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish, chegara va bojxona qonun hujjatlari buzilishini aniqlash va uning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish;
    o‘tkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarni imkon qadar qisqa muddatlarda nazorat tartib-taomillaridan o‘tkazish hamda tashqi savdoning rivojlanishiga ko‘maklashish;
    o‘tkazish punktlarida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish texnologiyalarini takomillashtirish va optimallashtirish;
    davlat nazorati organlarining o‘tkazish punktlarida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda kelishilgan holda harakat qilishga doim tayyor turish;
    Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi qonun hujjatlarini bajarish bo‘yicha davlat nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.
    9. Shaxslar, transport vositalari va tovarlar Davlat chegarasi orqali O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan Davlat chegarasini kesib o‘tish huquqini beradigan amaldagi hujjatlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
    10. Alohida hollarda, hujjatlarsiz, bekor qilingan yoki muddati o‘tgan hujjatlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kirish uchun kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsati bilan Davlat chegarasi orqali o‘tkaziladi.
    11. Davlat chegarasi orqali quyidagilar ustuvor tartibda, navbatsiz o‘tkaziladi:
    O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga muvofiq muayyan imtiyozlarga ega shaxslar, og‘ir bemorlar, homilador va nogiron shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;

    Download 189.59 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 189.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammadal-xorazmiynomidagi

    Download 189.59 Kb.