• Davlat chegarasi
  • Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammadal-xorazmiynomidagi




    Download 189.59 Kb.
    bet8/12
    Sana22.06.2022
    Hajmi189.59 Kb.
    #24187
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Hisobot
    Sergey Aksakov. Olov gul (ertak)
    transport vositasi — tovarlar va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita. Transport vositasi har qanday suv kemasi, havo kemasi, avtotransport vositasi, temir yo‘l transport vositasini (temir yo‘lda harakatlanadigan tarkib, temir yo‘lda harakatlanadigan tarkibning bir qismi) yoki konteynerni, shuningdek, ularning konstruksiyasiga muvofiq texnik pasport yoki texnik ma’lumotlarda nazarda tutilgan ehtiyot qismlar, anjomlar va uskunalar, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilg‘i-moylash materiallarini sovutuvchi va boshqa texnik suyuqliklarni, agar ular ushbu transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo‘lsa, o‘z ichiga oladi;
    Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat;
    o‘tkazish punkti ma’muriyati — ushbu o‘tkazish punkti biriktirilgan aeroport (aerodrom), daryo bandargohi, temir yo‘l stansiyasi, avtomobil (piyodalar) o‘tkazish punkti rahbariyati;
    o‘tkazish punkti — xalqaro aloqalar uchun ochiq bo‘lgan chegaradosh temir yo‘l stansiyalari va avtomobil yo‘llari, daryo portlari, aeroportlar (aerodromlar)ning hududi (hududining bir qismi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk, chorva mollari, urug‘lik, ekish materiali, hayvonot va o‘simliklarning boshqa mahsulotlarining chegara, bojxona va nazoratning boshqa turlari amalga oshiriladigan hamda o‘tkaziladigan maxsus jihozlangan boshqa joy;
    o‘tkazish punkti rejimi — o‘tkazish punktlari orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarning kirishi, chiqib ketishi va olib o‘tilishi, shuningdek, uning hududida ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar;
    fitosanitariya nazorati — o‘tkazish punktida karantin ostidagi mahsulot va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarini tekshirishda o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspektori tomonidan amalga oshiriladigan kompleks tadbirlar;
    chiqish punkti — shaxslar, transport vositalari va tovarlar harakatlanadigan yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, chegara va veterinariya nazorati amalga oshiriladigan oxirgi o‘tkazish punkti;

    Download 189.59 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 189.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammadal-xorazmiynomidagi

    Download 189.59 Kb.