Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti




Download 100.82 Kb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi100.82 Kb.
#36039
1   2   3
Bog'liq
Samandar
KI - UK - TVK ICHTB-umumiy-2023ya, TITIL VA MUNDARIJA
Adaptatsiya. Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik,
psixologik va muhitning ta’siri ostida o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar orasida adaptatsiya
hodisasi alohida o‘ringa ega. Adaptatsiya yoki moslashuv deganda
kuzatuvchining ta’siri ostida sezgi organlari sezgirligining o‘zgarishi
tushuniladi. Adaptatsiyaning uch turi farqlanadi:
Kuzatuvchining davomli ta’siri natijasida sezgilarning to‘la yuqolishi.
Agar sezgi organiga biror qo‘zg‘atuvchi doimo ta’sir qilib tursa sezgi batamom
yo‘qolib ketish tendentsiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan
yengil yuk tez orada sezilmay qoladi (qo‘l soati borligini biz sezmaymiz).
Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo‘lsak bu hid sezilmay qoladi.
Kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining zaiflashishi,
kamayishi (negativ adaptatsiya). Agar qo‘limizni muzday suvda tutib tursak
teridagi sovuqni sezish retseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko‘zga kuchli
yorug‘lik ta’sir qilib tursa ko‘zning sezgirligi kamayib, ko‘z shu yorug‘likka
moslashadi. Bu hodisa yorug‘lik adaptatsiyasi deyiladi.
Kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sezgi organlarining sezgirligi oshishi.
Bu pozitiv adaptatsiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach
bir qancha vaqt hech narsani ko‘ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni
ko‘ra boshlaymiz. Ko‘zning sezgirligi oshdi. Buni qorong‘ulik adaptatsiyasi
deyiladi.
Odatda negativ va pozitiv adaptatsiya bir sezgi organida bir vaqtda
ro‘y beradi. Undagi bir guruh retseptorlarning sezgirligi oshadi, ikkinchi
(qarama-qarshi) guruh retseptorlarining sezgirlishi kamayadi. Kunozalga
kirganda qorong‘ulikni ko‘rishga moslashgan hujayralarning (retseptor)
sezgirligi kamayadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan negativ va pozitiv adaptatsiya
mavjudgi sababli uy haroratida bo‘lgan suv qishda «issiq», yozda
«sovuqdek» tuyuladi. Ba’zi retseptorlaring bor yoki yo‘qligi to‘liq
o‘rganilmagan. Har holda sezgi organlari butunlay yuqolmaydi.
Adaptatsiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz
qo‘zg‘atuvchilar salbiy ta’siridan sezgi organlarini himoya qiladi.
Sezgi organlarining sezgirligi faqat qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri ostida
o‘zgarmaydi. Sezgi organlarining o‘zaro ta’siri natijasida ham ularning
59
sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz tovush ta’siri ostida turish analizatorning
sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta’siri ostida esa uning sezgirligi zaiflashadi.
Sensibilizatsiya. Analizatorlarningo‘zaro munosabati va mashq qilish
natijasida sezgirlikning kuchayishi hodisasiga sensibilizatsiya deyiladi.
Sezgilarning o‘zaro ta’siri ostida ularning sezgirligining oshishi
ko‘zg‘alishining kontsentratsiyasi va irradiatsiya jarayonlari bilan tushuntiriladi.
Sinestizatsiya. Qo‘zg‘atuvchining biron bir analiztorga ta’siri natijasida
boshqa bir analizatorga xos sezgining paydo bo‘lishi senestizatsiya
deyiladi. Bunga «rangni eshitish» hodisasini misol qilib olish mumkin.
Download 100.82 Kb.
1   2   3




Download 100.82 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti

Download 100.82 Kb.