• Sezgilarning umumiy qonuniyatlari
  • Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti




    Download 100.82 Kb.
    bet2/3
    Sana19.12.2022
    Hajmi100.82 Kb.
    #36039
    1   2   3
    Bog'liq
    Samandar
    KI - UK - TVK ICHTB-umumiy-2023ya, TITIL VA MUNDARIJA
    Sezgilarning turlari. Sezgilar ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchining
    xarakteriga, ko‘zg‘alishni qabul qilish masofasi, retseptorlarinig joylashgan
    o‘rinlariga ko‘ra klassifkatsiya qilinadi. Retseptorlarning joylashgan o‘rniga
    ko‘ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
    tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga
    moslashgan va tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo‘lgan sezgilar- ekstrotseptiv
    sezgilar;
    tananing ichki a’zolari va to‘qimalarida joylashgan va tananing ichki
    holatini aks ettiruvchi sezgilar- interotseptiv sezgilar;
    retseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan propriotseptiv
    sezgilar. Ular gavdamizing holati va harakatlari haqida ma’lumotlar berib
    turadilar.
    Ekstrotseptiv sezgilarning o‘zlari ikki guruhga – kontrak (bevosita
    aloqa bog‘lovchi) va distant sezgilarga ajratiladilar. Kontrakt sezgilarga
    (kontakt retseptorlar orkali sezgi hosil bo‘ladi) quyidagilar kiradi: ko‘rish,
    eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi
    modallik bo‘yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning
    klassik klassifikatsyasi deb ham yuritiladi. Chunki ular Aristotel tomonidan
    ko‘rsatib o‘tilgan sezgilar. Ular orasidan teri sezgisining o‘zi bir qancha turlarga
    bo‘linadi (to‘qish, harorat, og‘riq kabi).
    Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Boshqa tabiat va psixik
    hodisalar kabi sezgilar ham ma’lum umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarga
    ega. Shu jumladan ularning sifati, intenmivligi (kuchi), davomiyligi
    sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.
    Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgilardan
    farqlaydi va shu sezgi doirasida o‘zgarib turadi. Masalan, eshitish
    sezgisida tovushning balandligi, mayinligi, zo‘rligi; ko‘rish sezgisining boyligi,
    ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-barangligi materiyaning
    rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta’sir qilayotgan
    qo‘zg‘atuvchilarning kuchi va analizatorlarning funktsional holati
    bilan belgilanadi.
    Davomiyligi- sezgining vaqt bilan bog‘liq xususiyati. U ham
    qo‘zg‘atuvchining xususiyati va anlizatorning funktsional holati bilan
    bog‘liq. Qo‘zg‘atuvchi sezgi organiga ta’sir qilgandayoq sezgi hosil
    bo‘lmaydi, balki biroz vaqt o‘tadi. Bu vaqt sezgining latent (yashirish) davri
    58
    deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya’ni latent vaqti turlicha:
    taktil sezgilar uchun u 130 millisekund, og‘riq uchun 370 mllisekund,
    ta’m bilish uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.
    Shuningdek, sezgi qo‘zg‘atuvchi o‘z ta’sir kuchini to‘xtatgan zahoti
    yukolmaydi. Ko‘zg‘atishning asorati, ta’siri yana bir qancha vaqt davom
    etadi va ular keyin keluvchi obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi
    obrazlar ijobiy yoki aksi (negativ) bo‘lishi mumkin.

    Download 100.82 Kb.
    1   2   3




    Download 100.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti samarqand filiali kompyuter injineringi fakulteti

    Download 100.82 Kb.