|
Va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi toshloq tumani
|
bet | 61/110 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #137293 |
Bog'liq Tarbiya fanidan o\'qitish materiallari 60III. Yakuniy bosqich
(15 daqiqa).
|
3.1. Guruhlarga o’zaro baholash natijalarini ma’lum qilishlarini so’raydi. Natijalarni sharhlaydi. Mashg’ulotga yakun yasaydi.
3.2. Nazorat savollariga tayrlanish vazifasini beradi (6-ilova).
|
O’zaro baholash natijalarini ma’lum qiladilar.
Vazifani yozib oladilar.
|
Bахs-munоzаrаgа qаtnаshuvchilаrni bаhоlаsh mеzоnlаri
Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri
|
Mа’ruzаchilаrning ismi vа shаrifi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1.
|
Mа’ruzаning mаzmuni: (1,5)
|
|
|
|
|
|
- mаvzugа to’g’ri kеlаdi (0,5)
|
|
|
|
|
|
- kеtmа-kеt, mаntiqаn vа аniq bаyon etildi (0,5 bаll)
|
|
|
|
|
|
- аniq хulоsа chiqаrildi (0,5)
|
|
|
|
|
2.
|
Mа’lumоtlаrni tаqdim etishdа vоsitаlаrdаn fоydаlаnildi (ko’rgаzmа) (0,4)
|
|
|
|
|
3.
|
Rеglаmеntgа riоya etdi (0,1)
|
|
|
|
|
|
Jаmi:
|
|
|
|
|
Bаhоlаsh mеzоnlаri vа ko’rsаtkichlаri
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
(2-ilova)
Faollashtiruvchi savollar.
1-ilova
“O’ylang-juftlikda ishlang- fikr almashing” texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. O’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o’ylab chiqish, so’ng qisqa javoblar yozish tartibida.
2. Talabalar jufliklarga bo’linib, bir-biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
3. O’qituvchi bir necha juftliklarga 30 sekund davomida auditoriyaga o’z ishining qisqa yakunini ifodalab berishini taklif qiladi.
2-ilova
B/BX/B jadvali
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
3-ilova
Guruhli ish natijalarini baholash mezonlari.
(2 mavzuning 1-ilovasiga qarang.)
4-ilova
Guruhlarda ishlash qoidasi.
(2-mavzuning 2-ilovasiga qarang.)
5-ilova
Yangi o`quv materialini slaydli taqdimoti.
1. Ijtimoiylashuv va shaxs “MEN”i.
“MEN” – inson shaxsining ichki muayyanligini ifodalaydi va mohiyatan uning belgilovchisidir.
“MEN” – shaxsning o`zi to`g`risidagi tasavvurlarining barqaror bo`lib, bunda uning o`ziga va boshqalarga bo`lgan munosabatlari ifodalanadi.
Boshqalarning aynan shu shaxs to`g`risidagi qarashlari asosidagi fikrlar asosida;
“MEN” quyidagi holatlarda tashkil topadi
Ayni shu shaxsning hatti-harakati va faoliyatini boshqalar tomonidan baholash bilan bog`liq omillar asosida;
Boshqalarning qarashlari va bergan baholariga javoban qoniqish, g`urur, o`ziga ishonchning kuchayishi, o`zini bekami-ko`st deb hisoblash, uyalish, afsuslanish,ehtiyotkorlikka moyillik asosida.
2. O`z – o`zini anglash tushunchasi
O`z-o`zini anglash.
Bu shaxsning obyektiv voqeilikka nisbatan turli darajada va shakllarda ifodalanadigan hatti – harakati, his tuyg`ulari, fikr – o`ylari, manfaati, o`zi a`zo bo`lgan eng oddiy guruhdan insoniyat va jamiyatgacha bo`lgan barcha bosqichlardagi o`rni va hokazolarni bilib olganligidir. Buning natijasida shaxsning turmush faoliyatini oqilona boshqarish yo`lga qo`yiladi. O`z navbatida o`zini – o`zi boshqarish negizida shaxsning o`zini takomillashtirish, ro`yobga chiqarish ta`minlanadi.
. Begonalashuv tushunchasi.
BEGONALASHUV
Shaxsni ifodalaydigan muhimjihatlardan ayrimlari ma`lum shart – sharoitlar ta`sirida shaxsning o`ziga, tabiatiga zid sifatlarda yuzaga kelishi mumkin. Natijada shaxsiy yaxlitlikda u o`z imkoniyatlarini to`la – to`kis namoyon qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda shaxsning o`z – o`zidan begonalashuvi jarayoni boshlanadi.
Shaxs begonalashuvi uning o`z shaxsiy qadriyatlaridan sharoit va muhit taqazzosi bilan ayrilishini bildiradi.
MAVZU: O’zlikni anglash Insonning jamiyatdagi o’rni
Reja
1. Ijtimoiylashuv va shaxs “MEN”i.
2. O`z – o`zini anglash tushunchasi.
3. Begonalashuv tushunchasi.
Mustaqillik haqida o‘ylaganda, avvalo, o‘zlikni anglash, moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, tarixiy xotirani tiklash borasida qilingan keng ko‘lamli ishlar ko‘z oldimizdan o‘tadi. Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduxoliq o‘ijduvoniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Moturidiy kabi allomalar qadamjolarini obod hamda mo‘’tabar ziyoratgohlarga aylantirish, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, shuningdek, millat ozodligi yo‘lida kurashgan ma’rifatparvarlar shon-shavkatini ulug‘lashga qaratilgan chora-tadbirlar har bir insonni hayratga soladi, qalbini faxr va iftixorga to‘ldiradi.
Kechagidek yodimizda, Navro‘z taqiqlanib, sumalak to‘la qozonlar ag‘darib tashlangan. Chopon kiyganlar ta’qib qilingan, diniy kitoblar yoqilgan. Buyam kamlik qilgandek, “o‘zbek ishi” degan ayblov bilan “qama-qama” avj olgan. Ota-bobosidan qolgan udumning boshini tutgan borki, “millatchi” deb ayblangan...
Yurtboshimiz 1989 yil 23 iyun kuni O‘zbekiston rahbari sifatida faoliyat boshlagach, bunday ishlarga batamom chek qo‘yildi. Millatning qaddini ko‘tarish, himoyasiz hamda kamsitilgan xalqning dardini eshitish, dil yarasiga malham qo‘yish uchun el-ulus qalbiga quloq tutdi. Pirovardida shu xayrli harakatlar ko‘ngillarda umid uyg‘otdi. Shundan so‘ng Navro‘zni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, tilimizga davlat tili maqomi berish, toptalgan qadriyatlarimizni tiklash kabi dolzarb masalalar ilgari surildi...
O‘sha vaqt qilingan sa’y-harakatlarning ko‘lami ulkan. Amalga oshirilgan beqiyos ezgu ishlar bugungi nurli hayotimizga yo‘l ochdi. Endilikda barcha-barcha mamlakatimizdagi obodlik va bunyodkorlikka astoydil havas bilan qaramoqda. Davlatimiz rahbari yaqinda Surxondaryo viloyatiga qilgan safarida ta’kidlaganidek, xalqimizning halol-pokizaligi, iymon-e’tiqodi hamda yaratuvchanlik salohiyati bunda muhim o‘rin tutadi, albatta.
Prezidentimiz aytganidek, tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Shu ma’noda, milliy tariximiz hamda an’analarimizni haqqoniy tahlil va targ‘ib qilish, ajdodlar xotirasini e’zozlash borasida qilingan ishlar g‘oyat serqirra hamda ko‘lamlidir. Bu borada, ayniqsa, muzeylar faoliyati alohida o‘rin tutadi.
Davlatimiz rahbarining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni tizimda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, xalqimiz tarixini to‘laqonli aks ettiruvchi noyob ashyolarni to‘plash, ularni asl holicha saqlashni ta’minlash, mamlakatimizda shakllangan muzeylar tizimini takomillashtirish hamda jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur shart-sharoit yaratdi.
1996 yilda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Toshkent shahri markazida Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etilishi hayotimizda unutilmas voqyea bo‘ldi. Yurtboshimiz ushbu maskanning ochilish marosimida ta’kidlaganidek, “Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbоtidir. Aytish mumkinki, Amir Temur xiyoboni go‘zal bir uzuk bo‘lsa, bu muzey shu uzukning yoqut ko‘zidir”.
Shuningdek, qisqa vaqt ichida Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzey, Aloqa tarixi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi tashkil topishi mamlakatimiz madaniy hayotida yangi sahifalar ochdi. Xivada Ma’mun akademiyasi tarixi muzeyi, Samarqandda Mirzo Ulug‘bek rasadxona-muzeyi barpo etildi. Mazkur muzeylar xalqimiz hayotining turli jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, bugun ular yosh avlod ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga xizmat qilib kelmoqda.
Mustaqillik tufayli muzeylar fondida saqlanib kelingan noyob va nodir eksponatlar yana yuzaga chiqdi, ularni dunyo xalqlariga namoyish etish borasida salmoqli ishlar qilindi. Zero, har bir osoriatiqa milliy g‘urur hamda iftixor manbai, u ozodlik tarixi va xalqimizning shonli o‘tmishini yodga soladi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini qanotlantiradi. Hozir shu maqsadga xizmat qiluvchi butun bir tizim yuzaga keldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
|
| |