• TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
  • Va qarashlar




    Download 258.37 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana31.10.2023
    Hajmi258.37 Kb.
    #91498
    1   2   3   4
    Bog'liq
    alfons-dodening-songgi-saboq-hikoyasida-ilgari-surilgan-goya-va-qarashlar
    5-Ma\'ruza, Asaka Bank 10-05-2023, Jumabek slayd jumisi
    Keywords: patriotism, environment, youth, science, honesty, humanity, responsibility, 
    duty, value, school, education, enlightenment, freedom. 
     
    KIRISH 
    Mashhur fransuz yozuvchisi Alfons Dode 1840-yilning 30-mayida tug'iladi.Yoshligida 
    maktab muallimi sifatida faoliyat olib boradi.O'n yetti yoshga to'lgandan so'ng akasi bilan 
    jurnalistik faoliyat bilan shug'ullanish maqsadida Parijga boradi.Bir qancha jurnallar va teatrlar 
    bilan hamkorlikda ishlaydi.Uning ilk kitobi ,,Tegirmonimdan xatlar" deb nomlanadi. Asarning 
    bunday nomlanishi, bevosita ,adibning tanqidchi sifatida olib borgan faoliyati bilan 
    bog'liq.Keyinchalik uning ,,Kichkintoy", ,,Tarasonlik Tartaranning sarguzashtlari", ,,Roza va 
    Ninetta", ,,Kichik Fromon va katta Risler" ¹ kabi asarlari dunyo yuzini ko'radi. Alfons Dodening 
    mashur hikoyalaridan biri ,,So'nggi saboq" hikoyasidir. Asar kichik yoshli bolaning tilidan 
    hikoya qilinadi va uning hayotida bo'lib o'tgan voqaealarni o'z ichiga oladi. Hikoyadagi ko'p 
    voqealar badiiy to'qima emas, real voqaealar asosida yozilgan. Jumladan, o'sha davrdagi 
    mamlakatda hukm surayotgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat bunga misol bo'la oladi. Asar kichik 
    hajmli bo'lishiga qaramay, undagi voqaealari keng qamrovli va tarbiyaviy jihatdan katta 
    ahamiyatga ega. 


     
    SCIENCE AND INNOVATION
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
    UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
    92 
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
    So'nggi saboq" hikoyasi tarbiyaviy jihatdan nihoyatda katta ahamiyatga ega. Bugungi 
    kunda ozodlik va hurlikning qadriga yetmasdan maktabdagi darslarga o'z vaqtida qatnashmay 
    yoki a'lo baholarda o'qimay kelayotgan bolalarga namuna qilib ko'rsatishga arzigulik asar. 
    Asarda Frans ismli bola misolida ilmsizlik, e'tiborsizlik, mas'uliyatsizlik xususiyatlari va bu 
    illatlarga ega bo'lishning ayanchli oqibatlari yoritib beriladi. Bosh qahramon Frans o'z ona tilida 
    olib boriladigan fransuz tili darsiga har doim e'tiborsiz qaraydi va turli xil o'yinlarga shoshilib 
    dars qilishni, ona tilini mukammal o'rganishni yodidan chiqaradi. Oxir-oqibat mustamlakachilar 
    bu fanning dars sifatida o'tilishini taqiqlab qo'yishadi. O'z ona tilini bilmaydigan bola esa 
    o'zining mas'uliyatsizligidan pushaymon bo'ladi.Fransuz tili o'qituvchisi mosye Amel esa haqiqiy 
    millatparvar timsolidagi shaxs sifatida tasvirlanadi asarda. 

    Download 258.37 Kb.
    1   2   3   4




    Download 258.37 Kb.
    Pdf ko'rish