Va qarashlar




Download 258.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.10.2023
Hajmi258.37 Kb.
#91498
1   2   3   4
Bog'liq
alfons-dodening-songgi-saboq-hikoyasida-ilgari-surilgan-goya-va-qarashlar
5-Ma\'ruza, Asaka Bank 10-05-2023, Jumabek slayd jumisi
TADQIQOT NATIJALARI 
Alfons Dodening “So'nggi saboq” hikoyasini tushunib yetish uchun Fransiyaning XIX 
asrdagi holatini, tarixini yaxshi bilish lozim.Bu davrda Fransiya ma'lum vaqt mustamlakalik 
davrini boshdan kechiradi. Davlatning Elzas va Lotaringiya shaharlari nemislar qo'l ostiga 
o'tadi.Shu sababdan ham hikoyada bunga bir qancha ishoralar bor. Bosh qahramon Frans 
yashaydigan Elzas shahri maktablarida ham darslar fransuz tilida olib borilishi taqiqlanadi. Asar 
voqealari maktab o'quvchisi bo'lgan Frans ismli bola tilidan hikoya qilib boriladi. Voqealar rivoji 
uning maktabga kech qolayotgani va o'tilgan mavzularni o'zlashtirmaganligidan boshlanadi. 
Frans o'yinqaroqlik qilib darsga borishni xohlamaydi, aksincha tabiat qo'ynida sayr 
qilish,nemislarning safda yurish mashqalari uni o'ziga jalb qiladi. Maktabga o'zi istar-istamas 
borgan Frans katta va butun umri davomida unutilmas bo'lib qoladigan voqeaning guvohi 
bo'ladi. O'qituvchi Mosye Amel Berlindan Elzas va Lotaringiya maktablarida faqatgina nemis 
tilida darslar o'tilishi to'g'risida xabar kelganligi va bugun so'nggi dars o'tilayitganligini aytadi. 
Frans esa o'z ona tili, fransuz tilini hali hanuzgacha yaxshi o'zlashtirmagan va unda to'liq 
yozish,o'qishni o'rganmagan edi. Shu payt u e'tiborsizlik va mas'uliyatsizliklarining oqibatini 
o'ylaydi va qilgan xatolarining barchasini tushunib yetadi.Endi esa kech bo'lgan edi. Hikoyada 
faqatgina bir bolaning e'tiborsizligi emas, balki uning bunday holatga tushishiga sababchilardan 
biri bo'lgan ota-onasi, tanish-bilishlari ham aybdor deb qaraladi.Xususan Mosye Amelning 
nutqida,, ... Biz o'zimizdan o'pkalashimiz kerak.Ota-onalarimiz o'qoshlarimiz haqida ko'p ham 
qayg'urishmaydi. Maktabga jo'natish o'rniga qo'shimcha aqchaga ega bo'lish maqsadida sizlarni 
dalaga yoki fabrikaga ishlash uchun yuborishadi. Men o'zim-chi? Men emasmi sizlarga bilim 
berish o'rniga bog'dagi gullarni parvarishlashni zimmabgizga yuklagan? Men emasmi baliq 
ovlagim kelib qolganida sizlarni tap tortmay darsdan ozod qilgan?"², kabi so'zlar uchraydi. 
O'qituvchi 
ota-onalarning 
farzandlari 
taqdiriga 
e'tiborsizligi, 
bolalarning 
berilgan 
vaqtni,yoshlikni qadrlamasdan o'qish o'rniga boshqa yumushlar bilan mashg'ul bo'lishi va 
o'zining mas'uliyatsizligi uchun o'zini qattiq koyiydi. O'qutuvchi bularni aytar ekan bu haqiqiy 
foijealardan biri ekanligini aytadi. Haqiqatdan, o'z ona tilini bilmaslik,o'qib-o'rganmaslik va eng 
muhimi o'rgana olmaslik eng katta fojealardan biridir.Ona tilini ona allasi bilan har bir insonning 
qalbiga jo bo'ladi,tomirlarida kezadi,uning o'z tiliga,hayotiga,umrining ajralmas qismiga 
aylanadi.Shu sababdan ham ushbu holatni Mosye Amel yorug'likka chiqa olish(mustamlaka 
zulmidan xalos bo'lish) uchun tilni saqlab qolish kerakligi borasidagi bir qancha misollar bilan 
o'quvchilarga tushuntiradi,chunki ular—yurtning yoshlari,kelajakka poydevor qo'yuvchilargina 
buni uddalashlari mumkin.Asarda e'tiborni qaratishga arziydigan yana bir katta jihat bor u ham 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
93 
bo'lsa so'nggi darsga qariya Xauzer, sobiq mer, pochtachi va boshqa qishloq kishilarining 
kelganligi,eski Alifbeni tutib o'tirganliklaridir. Ular o'z ona tillarida olib boriladigan so'nggi 
darsga kelishadi, hech bo'lmasa mana shu saboqdan nimanidir o'rganishga umid bog'lab,chuqur 
g'amga cho'kishadi.Bu o'z navbatida berilgan umrning,vaqtning,erkning va jamiyki ne'matlarning 
o'z vaqtida qadriga yetish kerakligini anglatgan hikoyada. 

Download 258.37 Kb.
1   2   3   4




Download 258.37 Kb.
Pdf ko'rish