Va qarashlar




Download 258.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.10.2023
Hajmi258.37 Kb.
#91498
1   2   3   4
Bog'liq
alfons-dodening-songgi-saboq-hikoyasida-ilgari-surilgan-goya-va-qarashlar
5-Ma\'ruza, Asaka Bank 10-05-2023, Jumabek slayd jumisi
MUHOKAMA 
Hikoyani o'qir ekanmiz,bevosita, asar qahramonlari o'rnida o'zimizni ko'rgandek 
bo'lamiz. Go'yoki ular qilayotgan xatoni biz qachonlardir qilgandek tuyuladi.Hikoyada 
loqaydlikning ayanchli oqibatlati keng yoritib beriladi. Jamiyatdagi muhitning har bir inson 
hayotidagi ahamiyati, o'rni,ta'sir qilarli jihatlari haqida so'zlanadi.Alfons Dodening ,,So'nggi 
saboq" asari faqatgina fransuzlar emas,elzasliklar emas, butun dunyodagi insonlar,millatlar 
haqida hikoya qiladi.Hikoya milliy tilning qadr-qiymati yosh-u qari uchun hamisha baravar 
bo'lib qolaverishini ko'rsatib beradi.Buning isboti sifatida asardagi : ,, ...Orqa o'rindiqdagi qariya 
Xauzer ham ko'zoynagini taqib, alifboni qo'lida tutgancha bizga jo'r bo'ldi:uning ovozi 
hayajondan titrab chiqardi;uni eshitib yig'lashni ham,kulishni ham bilmasdik..."³, degan 
jumlalarni ko'rishimiz mumkin. So'nggi bora ona tilida erkin o'tiladigan darsga kelgan 
qariyaning ovozi keksalikdan emas, erksizlik va loqaydlikning achchiq oqibatlari sabab 
titraydi.Asarda (faqatgina maktab o'quvchilari emas, keksalarning ham) turli toifadagi insonlar 
taqdiri aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, milliy tilni asrash,avaylash har bir insonning muhim va 
muqaddas burchlaridan biri ekanligini ko'rsatib beradi. 
XULOSA 
Alfons Dodening ,,So'nggi saboq" hikoyasida XX asrning bir qancha haqiqatlari keng 
yoritib beriladi. Jumladan,ilmsizlik, loqaydlik,mas'uliyatsizlik,beparvolik kabilar. Haqiqatlar 
yuqoridagi xususiyatlarni o'zida jamlagan kishilarning ayanchli taqdiri timsolida badiiy tasvirlab 
beriladi.Milliy tilning millat taqdiriga qanchalik dahldor ekanligi ta'kidlanadi.Asar bugungi 
shiddatli zamonada yashayotgan kishilar uchun nihoyatda katta o'rnak bo'ladi.Shu boisdan ham 
asrlar davomida butun dunyo xalqlari oldida o'z qadr-qiymatini yo'qotmay,yanada oshirib 
kelmoqda. 
REFERENCES 
1. Adabiyot 10-sinf uchun darslik 2-qism(2017)—Toshkent,171-178-betlar 
2. Adabiyot 10-sinf uchun darslik 2-qism(2017)—Toshkent,173-b 
3. Adabiyot 10-sinf uchun darslik 2-qism(2017)—Toshkent,174-b 
4. Tursunova,Sh.(2022).Muhammad Yusuf ijodida xalqona obrazlar tasnifi.Toshkent. 
5. Tursunova,Sh.(2022).Abdulla Qahhorning ,,Bemor” hikoyasida davr muammolari.Science 
and innovation. 

Download 258.37 Kb.
1   2   3   4




Download 258.37 Kb.
Pdf ko'rish