• IV. Mustahkamlash Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar
  • Vazifalar ro‘yxati




    Download 82.5 Kb.
    Sana07.03.2024
    Hajmi82.5 Kb.
    #168759
    Bog'liq
    Vazifalar ro\'yxati
    1 kurs Iqtisodiyot nazariyasi (IQ uz I) (2), Касби туман 420-4-61-Q 22, Юсупов Элёрбек Комютер архитектураси 1 амалий иш, R.Shahrizoda., 15 slayd, harakatli o\'yinlarni tashkil qilish va o\'tkazish metodi SHOBIDDINOV ASADBEK, Almanov Jahongir Zokir o’g’li, HARAKATLI O‘YINLARNI DARSNI ASOSIY QISMIGA MOS HOLDA TANLASH VA TAHLIL QILISH XOLMURODOV QUVONDIQ, Nashriyot tizimlari, 7 Корреляционный и регрессионный анализ, tema-1, Pedagogik mahorat (A.Xoliqov), Tarbiya maqsadi va vazifalari matn, Scanitto 2024-04-08 025

    Vazifalar ro‘yxati” loyixasi: ListBox komponenti

    Yangi obyektlardan foydalanishni o‘rganish uchun eng yaxshi futbolchi tanlovi ilovasini yaratamiz. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga bitta ListBox, bitta ComboBox, bitta SpinEdit va bitta Button obyektlarini rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. ListBox ning Items xossasini ikki marta bosib, hosil bo‘lgan muloqot darchasida yuqoridagi rasmda ko‘rsatilgan 8 ta futbolchi ro‘yxatini kiritamiz. SpinEdit obyektini tanlab, Object Inspector oynasida uning MaxValue xossasini 5, MinValue xossasini 1, MinValue xossasini 1, Value xossasini 5 ga teng qilib o‘rnatamiz. Button1 obyektini ikki marta bosib, dastur kodi oynasini chaqiramiz va Button1Click protsedurasiga quyidagi kodni kiritamiz:


    procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
    var i,j:integer;
    begin
    i:=ListBox1.ItemIndex; if i>=0 then begin j:=StrToInt(ComboBox1.Items[i]);
    ComboBox1.Items[i]:=IntToStr(j+SpinEdit1.Value);
    end; end;


    Protseduraning birinchi, uchinchi va o‘ninchi satrlari oynada borligini unutmang. Ikkinchi satrda ikkita yangi o‘zgaruvchi yaratiladi. To‘rtinchi satrida ulardan birinchisi: i ga tanlangan futbolchining ro‘yxatdagi raqami beriladi. Beshinchi satrda bu raqamning nomanfiyligi tekshiriladi (aks holda futbolchi tanlanmagan bo‘ladi). Yettinchi satrda ikkinchi o‘zgaruvchi: j ga ComboBox1 ro‘yxatining i-satridagi son (dastlab u 0 ga teng) beriladi.


    Sakkizinchi qatorda bu songa SpinEdit1 da son (futbolchiga berilgan baho)
    qo‘shiladi va u matn satriga aylantirilib, ComboBox1 ro‘yxatining i-satriga yozib qo‘yiladi. Natijada ComboBox1 dagi ro‘yxatda har bir futbolchi to‘plagan ballar yig‘ilib boradi. Uni bu obyektning o‘ng tomonidagi uchburchak ko‘rinishida tugmani bosib xohlagan paytimizda ko‘rishimiz mumkin. Ilovani F9 tugmasini bosib ishga tushiramiz. Unda birinchi ro‘yxatdan futbolchini tanlab, ikkinchi maydonchada unga berilgan bahoni tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz (chapdagi rasm). Bir necha marta futbolchilarga ovoz berib, natijani ko‘rish uchun uchinchi maydonchaning o‘ng tomonidagi uchburchak tugmani bosamiz (o‘ngdagi rasm).

    IV. Mustahkamlash
    Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
    1. Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ListBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01a, 08_02a, 08_03a papkalarda saqlang.
    2. Avvalgi amaliy mashg‘ulotdagi 07_01, 07_02 va 07_03 topshiriqlarni ComboBox obyektlari yordamida yarating. Ularni mos ravishda 08_01b, 08_02b va 08_03b papkalarda saqlang.
    3. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
    4. Edit obyektiga kiritilgan sonlarni ComboBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
    5. 1 dan 11 gacha bo‘lgan sinflarni ListBox obyektida aks ettiruvchi ilova yarating.
    5.1. Yangi ilova yaratib, uning oynasiga ListBox obyektini joylang.
    5.2. Ilova oynasining bo‘sh joyini ikki marta bosib, ekranda hosil bo‘lgan protsedurani quyidagicha to‘ldiring:
    procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject);
    var
    i:integer;
    begin
    listbox1.Columns:=3;
    for i:=0 to 10 do
    listBox1.Items[i]:=inttostr(i+1)+'-sinf';
    end;
    Download 82.5 Kb.




    Download 82.5 Kb.