|
V. JABRLANUVCHILARNING MOL-MULKIGA
|
bet | 9/22 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 213,5 Kb. | | #152 |
V. JABRLANUVCHILARNING MOL-MULKIGA
ZARAR YETKAZILGANDA SUG’URTA
TO’LOVI MIQDORINI ANIQLASH
39. Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sug’urta to’lovi sug’urta pulining 35 foizidan oshishi mumkin emas.
40. Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash va o’rni qoplanishi lozim bo’lgan zararning miqdorini belgilash maqsadida sug’urtalovchiga ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun o’z tashabbusi bilan yoki sug’urtalovchining so’roviga binoan taqdim qilishi shart.
41. Jabrlanuvchi (uning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda, agar ular o’rtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan bo’lsa, sug’urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko’zdan kechirishi va uning mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi shart.
Sug’urtalovchi jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) bilan, sug’urtalovchining, ekspertning ish jadvalini hisobga olgan holda, ko’zdan kechirish vaqti va joyini va (yoki) shikastlangan mol-mulkni mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o’tkazadigan tashkilotni hamda ushbu bandning birinchi xatboshida ko’rsatilgan shikastlangan mol-mulkni ko’zdan kechirishni o’tkazish muddatini kelishib olishi, jabrlanuvchi (uning merosxo’rlari yoki huquqiy vorislari) esa sug’urtalovchi bilan kelishilgan vaqtda shikastlangan mol-mulkni ko’rsatishi shart.
42. Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining o’ziga xos xususiyatlari mol-mulkni sug’urtalovchi va (yoki) ekspert joylashgan yerda ko’zdan kechirish hamda mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yo’l harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertiza (baholash) shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu Qoidalar 41-bandi birinchi xatboshida ko’rsatilgan muddatda o’tkaziladi.
43. Agar jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertizadan (baholashdan) o’tkazish sug’urta hodisasi mavjudligini va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha o’rni qoplanishi kerak bo’lgan zararlar miqdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa, sug’urtalovchi ko’rsatib o’tilgan holatlarni aniqlash uchun sug’urta qilinuvchining foydalanish vaqtida jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini ko’zdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertiza (baholash) tashkil etishga haqlidir. Sug’urta qildiruvchi ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini sug’urtalovchining talabiga ko’ra majburiy sug’urta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
44. Agar sug’urtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu Qoidalarning 41-bandi birinchi xatboshida belgilangan muddatda ko’zdan kechirmagan va (yoki) mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etmagan bo’lsa, u holda jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sug’urtalovchiga ko’zdan kechirish uchun taqdim etmagan holda shunday ekspertiza (baholash) tashkil etilishi uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sug’urtalovchi mustaqil ekspertiza (baholash) natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
45. Bir nechta jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchining (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisining sug’urta qoplovchi miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarur darajasiga mutanosib ravishda, ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
46. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini ko’zdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilishga (baholashga) qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan shu mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sug’urta hodisasining mavjudligini va majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha o’rni qoplanishi lozim bo’lgan zararlarning miqdorini to’g’ri aniqlash imkonini bermasa, sug’urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo’riga yoki huquqiy vorisiga) sug’urta to’lovini yoki uning bir qismini to’lashni rad etishga haqli.
47. Sug’urta to’lovi amalga oshirilishiga asos bo’lgan mustaqil ekspertiza (baholash) qiymati majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi tomonidan o’rni qoplanishi lozim bo’lgan zararlar tarkibiga kiritiladi.
|
| |