IV. SUG’URTA HODISASI SODIR




Download 213,5 Kb.
bet8/22
Sana15.03.2017
Hajmi213,5 Kb.
#152
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
IV. SUG’URTA HODISASI SODIR

BO’LGANDA SHAXSLARNING HARAKATLARI
34. Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo’l-transport hodisasi ishtirokchisi bo’lgan sug’urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga ko’ra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sug’urtalangan majburiy sug’urta shartnomasi to’g’risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.

Sug’urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sug’urta hodisasi sodir bo’lganda:

jabrlanuvchiga (uning merosxo’rlariga yoki huquqiy vorislariga) yo’l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sug’urta polisining nusxasini topshirishi;

davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, imkoni boricha yo’l-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;

darhol, yo’l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir bo’lgan hodisa haqida ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yozma shaklda, sug’urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug’urtalovchiga (uning filialiga) yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydagi va transport vositasi ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat yo’l harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir bo’lgan payti, ko’rilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yo’l-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to’liq hajmda, shuningdek sug’urta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor bo’lganligi va sug’urta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo’lishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda ko’rsatilishi kerak;

sug’urtalovchiga sug’urta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qo’yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi to’g’risida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sug’urta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan hujjatlarni sug’urtalovchiga taqdim etishi;

zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin bo’lgan barcha choralarni ko’rishi kerak.
35. Sug’urtalovchi (uning filali) xodimlari yo’l-transport hodisasi holatlarini va sug’urta qildiruvchi yoki jabrlanuvchining xabariga ko’ra yetkazilgan zararni aniqlash uchun yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashishlari mumkin. O’zining sug’urta to’lovi huquqidan foydalanish niyatida bo’lgan jabrlanuvchi (uning merosxo’ri yoki huquqiy vorisi) sug’urtalovchiga o’z hayotiga, sog’lig’iga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar o’rnini sug’urta puli doirasida qoplash to’g’risidagi talab bilan yozma arizani jo’natishi shart.
36. Jabrlanuvchi sug’urta to’lovi to’g’risidagi arizani jabrlanuvchining yashash joyidagi yoxud yo’l-transport hodisasi sodir bo’lgan joydagi sug’urtalovchiga (uning filialiga) jo’natadi.
37. Jabrlanuvchining yoki uning merosxo’rlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sug’urta to’lovi to’g’risidagi talabi ko’rsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sug’urtalovchiga yoki uning vakiliga yuboriladi:

sug’urta polisi (agar bo’lsa);

zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yo’l-transport hodisasi to’g’risidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi ma’lumotnomasi yoxud hayotga yoki sog’liqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, o’lim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);

mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan ko’chirmalar, to’lov hujjatlari, xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);

jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxo’rlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sug’urta tovoni jabrlanuvchining merosxo’rlariga yoxud huquqiy vorislariga to’lanishi kerak bo’lsa).


38. Agar jabrlanuvchi ayni bir vaqtda sug’urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxs) hisoblansa, u holda sug’urta hodisasini to’g’ridan-to’g’ri hal etish qo’llanishi mumkin.

Sug’urta hodisasini to’g’ridan-to’g’ri hal etishda sug’urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urtalangan boshqa shaxs) bo’lgan jabrlanuvchi o’zi bilan majburiy sug’urta shartnomasini tuzgan sug’urtalovchiga hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.

Sug’urta hodisasini to’g’ridan-to’g’ri hal etish qo’llanilganda aybdor tarafning sug’urtalovchisi jabrlanuvchining sug’urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug’urta tovonini to’lash bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi.


Download 213,5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 213,5 Kb.