|
-rasm. Molekulyar massa bo’yicha taqsimlash egriliklari
|
bet | 21/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 3.1-rasm. Molekulyar massa bo’yicha taqsimlash egriliklari.
Demak, polimerlar molekulyar massasini aniqlashning murakkabligi ularning polimolekulyarligi bilan bog’liq, chunki har bir namunada turlicha o’lchamli molekulalar mavjud. Shuning uchun har qanday usul bilan aniqlangan molekulyar massa o’rtacha qiymatga ega bo’ladi, ammo turli xil usulda aniqlanganda turli son qiymatlarni oladi. Buning uchun quyidagi misolni ko’raylik.
Aytaylik, M1 molekulyar massali N1 ta molekula
M2 molekulyar massali N2 ta molekula M3 molekulyar massali N3 ta molekula
va h.k. bo’lsin.
O’rtacha molekulyar massaning qiymatini quyidagi ikki usulda hisoblash mumkin:
o’rtacha arifmetik yoki o’rtacha raqamiy ( ) molekulyar massa;
Molekulyar massaning o’rtacha arifmetik qiymatini hisoblash uchun molekulyar massaning har qaysi qiymatini xuddi shu molekulyar massali molekulalar soniga ko’paytirib olingan ko’paytmalarni qo’shish, ya’ni barcha molekulalarning molekulyar massalari yig’indisini olish, so’ngra shu yig’indini
molekulalarning umumiy soniga bo’lish lozim:
o’rtacha vazniy yoki o’rtacha muallaq ( ) molekulyar massa;
(3.3)
ni hisoblash uchun umumiy molekulyar massadagi ayni molekulyar massaning ulushini bilish lozim. Umumiy molekulyar massa ni tashkil qiladi, demak
har bir molekulyar massaning ulushi (Xi) quyidagiga teng:
(3.4)
Agar har bir molekulyar massa qiymatini uning molekulyar massadagi ulushiga ko’paytirib va bu ko’paytmalami qo’shib chiqilsa, hosil bo’gan qiymat o’rtacha vazniy yoki o’rtacha muallaq molekulyar massa deyiladi.
+…= (3.5)
|
| |