-rasm. Qo’shbog’ tutgan polimerlar tsis-(l) va trans-(2) izomerlar




Download 4,04 Mb.
bet24/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

3.5-rasm. Qo’shbog’ tutgan polimerlar tsis-(l) va trans-(2) izomerlar


shakli.

    1. Xromotografiya va uning turlari. Yuqori effektiv yupqa qatlamli

xromatografiya.

Xromatografiya (xromo... va ...grafiya) — gaz, suyuqlik yoki erigan moddalar aralashmasini adsorbsion usulda ajratish va analiz qilish. Xromatografiya rus botanigi M.S.Svet tomonidan 1903-yilda kashf etilgan.


1931-yilda Kun va uning shogirdlari xromatografiya yordamida tuxum sarig’idagi ksantofil, lutein va zeaksantin moddalari hamda a va r karotinlarni ajratishdi.
1941-yilda A.Martin va R.Sing taqsimlash xromatografiyasiga asos soldi va oqsil, uglerod birikmalarini o’rganishda uning keng imkoniyatlarini ko’rsatib berdi.
1940-45-yillarda S.Mur va U.Staynlar aminokislotalarni xromatografiya usulida ajratish va miqdoriy analiz qilishga katta xissa qo’shdi.
1950-yilda Martin va Jeyms gaz, suyuqlik xromatografiyasi usulini ishlab chiqdi.
Xromatografiya olib borilayotgan muhitga qarab:

    • gaz xromatografiya;

    • gaz-suyuqlik xromatografiya;

    • suyuqlik xromatografiyalariga.

moddalarni ajratish mexanizmiga qarab:

  • molekulyar (adsorbsion);

  • ion almashtirgich;

  • cho’ktirish;

  • taqsimlash xromatografiyalariga olib borilayotgan jarayon shakliga qarab:

  • kolonkali xromatografiya;

  • naychali (kapillyar) xromatografiya;

  • qog’ozli xromatografiya;

  • yupqa qatlamli xromatografiyalarga bo’linadi.

Adsorbsion xromatografiya — moddalarning adsorbentda turlicha sorbsiyalanishi (yutilishi) ga asoslangan;
Taqsimlash xromatografiyasi — aralashma tarkibiy qismi (komponentlari) ning qo’zg’almas faza (g’ovak sathli qattiq modda yuzasiga o’rnatilgan yuqori tarzda qaynaydigan suyuq modda) va elyuyentlarda turlicha erishiga;
Ion almashtirgich xromatografiya — harakatsiz faza (ionit) va ajraluvchi aralashma komponentlari orasidagi ion almashtirish muvozanati konstantalar farqiga;
Cho’ktirish xromatografiyasi esa ajratiluvchi komponentlarning qattiq qo’zg’almas faza ustida turlicha cho’kmaga cho’kishiga asoslangan.
Xromatografiya xromatograf deb ataladigan asbob yordamida amalga oshiriladi. Analiz vaqtida xromatograf kolonkasiga yuborilgan tekshiriluvchi moddalar elyuyent bilan birga turli vaqt oralig’ida alohida alohida bo’lib kolonkaning chiqish tomoniga keladi va maxsus sezgir asbob — detektor yordamida uning vaqt birligidagi miqdori qayd etiladi, yaʼni egri chiziq holida yozib olinadi. Bu xromatogramma deb ataladi.
Sifat analizi vaqtida moddaning kolonkaga yuborilgandan to chiqqungacha bo’lgan vaqti har bir komponent uchun doimiy tarzda bir xil elyuyentda belgilab olinadi.






Download 4,04 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qo’shbog’ tutgan polimerlar tsis-(l) va trans-(2) izomerlar

Download 4,04 Mb.