|
-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi
|
bet | 25/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 3.6-rasm. Xromatografiya qurilmasining sxematik tuzilishi.
1 - gaz manbai; 2 - mobil fazali oqim regulyatori; 3 - namuna kiritish qurilmasi; 4 - ustun; 5 - detektor; 6 - elektr kuchaytirgich; 7 - qayd qiluvchi; 8 - oqim o’lchagich. Miqdoriy analiz uchun esa xromatografiyadagi piklar (har bir modda uchun tegishli egri chiziq shakli) balandligi yoki yuzasi, detektorning moddaga nisbatan
sezgirligini nazarga olgan holda o’lchanadi va maxsus usulda hisoblanadi.
Parchalanmay bug’ holatiga o’tadigan moddalarning analizi va ajratilishi uchun ko’pincha gaz xromatografiya ishlatiladi. Bunda elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. Sorbent sifatida esa (zarralar diametri 0,1-0,5 mm bo’lgan) silikagellar, alyumogellar, g’ovakli polimerlar va boshqa ishlatiladi.
Gaz-suyuqlik xromatografiya uchun sorbent tayyorlashda solishtirma sathi 0,5 - 5 g/m2 li qattiq modda yuzasiga qaynash temperaturasi yuqori bo’lgan suyuqliklar (uglevodorodlar, murakkab efirlar, siloksanlar va boshqalar) qalinligi bir necha mkm parda holida qoplanadi. Kolonkali suyuqlik xromatografiyada elyuyent sifatida oson uchuvchi erituvchilar (uglevodorodlar, efirlar, spirtlar), qo’zg’almas faza sifatida esa silikagellar, alyumogellar, g’ovakli shisha va boshqa qo’llanadi.
Xromatografiya usulining kashf etilishi tufayli organik kimyo, ayniqsa, tabiiy birikmalar kimyosi jadal rivojlandi. Xromatografiya ko’p komponentli sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, sof holda ajratib olishsa (jumladan, sanoat miqyosida) katta ahamiyat kasb etadi. Xromatografiya yordamida nodir metallar analiz qilinadi. Sunʼiy tayyorlangan transuran elementlarining ochilishida
ham xromatografiya muhim rol o’ynadi. Xromatografiya yordamida 99-element - eynshteyniy (Es), 100-element - fermiy (Fm) va 101-element - mendeleyeviy (Md) ajratildi.
Xromatografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni aniqlashda, organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi, Mars atmosferasi gazi, oy tuprog’idagi moddalarni analiz qilishda ham xromatografiya usullari joriy etilgan.
Xromatografiya yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon, o’simlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning analizi uchun nihoyatda zarur. Xromatografiya usullari o’simlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini o’rganishda keng qo’llanadi.
|
| |