|
-rasm. Belgilangan valent burchakli zanjir konformatsiyalari
|
bet | 23/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 3.4-rasm. Belgilangan valent burchakli zanjir konformatsiyalari.
Real sistemalarda polimer molekulalari o’ziga o’xshash molekulalar bilan o’ralgan, shuning uchun aylanishning tormozlanish darajasiga ta’sir qiluvchi u
yoki bu xildagi molekulalararo ta’sirlar bo’ladi, lekin bu o’zaro ta’sirlarni hisobga olish murakkab vazifa. Shuning uchun bunday ta’sirlarni hisoblashda ichki molekulyar ta’sirlarni hisobga olish bilan chegaralaniladi. Ikki xil ichki molekulyar ta’sir bo’ladi:
Yaqin tartibli o’zaro ta’sir, ya’ni oralaridagi masofa yaqin bo’lgan atomlar va atomlar guruhlari ta’siri, masalan, qo’shni zvenolar atomlari orasidagi ta’sir.
Uzoq tartibli o’zaro ta’sir, ya’ni zanjirdagi bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan zvenolardagi atomlar yoki atomlar guruhi orasidagi ta’sir. Bunday ta’sir faqat uzun zanjir juda bukilgan holatda bo’lishi mumkin. Shunday qilib, polimer makromolekulasining potensial energiyasi molekulaning bir qismi ikkinchi qismiga nisbatan burilganida ichki molekulyar ta’sir natijasida o’zgaradi.
Polimer strukturasi ikki xil: molekulyar va ustmolekulyar (makromolekulalarning bir-biriga nisbatan joylashishi natijasida hosil bo’lgan struktura) darajasida o’rganiladi. Molekulyar darajadagi strukturaga polimer makromolekulasidagi zvenolarning tuzilishi va funksional o’zaro joylashish tartibi (holati) kiradi. Ustmolekulyar strukturaga polimer makromolekulalari yoki ularning ayrim qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi va ularning shakli kiradi.
Polimerlarning molekulyar strukturasi ular makromolekulasining konfiguratsiyasi, konformatsiyasi va molekulyar taxlanishi tushunchalarini o’z ichiga oladi. Konfiguratsiya molekulani tashkil etuvchi atomlarning fazoviy joylashish tartibini ifodalaydi. Bu tartib molekulalarning tartibsiz issiqlik harakati natijasida o’zgarmaydi: konfiguratsiya faqat kimyoviy bog’larning uzilib, qayta tiklanishi natijasida o’zgarishi mumkin. Polimerlarning konfiguratsiyasi bir necha konfiguratsion darajalarga bo’linadi: elementar zveno konfiguratsiyasi, zvenolarning birikish konfiguratsiyasi (yaqin konfiguratsion tartib), katta bloklarning birikish konfiguratsiyasi (uzoq konfiguratsion tartib), mikrozanjir konfiguratsiyasi.
Elementar zvenolarning konfiguratsiyasi organik kimyoda ishlatiladigan tushunchalar va ta’riflar bilan ifodalanadi. Masalan, qo’shbog’ tutgan polimerlar tsis-(l) va trans-(2) izomerlar shaklida bo’lishi mumkin:
|
| |