Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




Download 4,04 Mb.
bet31/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

3.17-rasm. Radial xromatografiya.


Yuqoriga siljuvchi va pastga tushuvchi xromatografiyalarda kamera devorlariga uni to’yintirish uchun erituvchi sistemasi shimdirilgan qog’oz tikka qilib qo’yiladi.

3.18-rasm. Xromatogramma


Yuqoriga siljuvchi xromatografiyada erituvchining yuqoriga ko’tarilishi qiyinroq bo’lganligi sababli Rf qiymati kichik moddalarni ajratish qiyin bo’ladi. Pastga tushuvchi xromatografiyada kameraning yuqori qismiga o’rnatilganidishdagi erituvchi qog’oz bo’ylab yuqoridan pastga siljiydi, bu ancha tez amalga oshadi. Bunda eng asosiysi erituvchi qog’ozdan pastga oqib tushishi
hisobiga kichik Rf qiymatli moddalarni ham ajratish mumkin. Xromatogramma ionogen va kompleks hosil qiluvchi maxsus reagentlar bilan ishlanganda (pulverizator yordamida purkalganda), rangli dog’lar hosil bo’ladi. Moddalarni
topish uchun bu dog’larning Rf qiymatlari «guvohlar»ning Rf qiymatlari bilan solishtiriladi. Guvohlar yordamida moddalarni topishda aralashmada bo’lishi taxmin qilinayotgan moddaning aniq namunasi eritilib, tekshirilayotgan eritma
bilan yonma-yon yoki aralashtirib quyiladi. Rf Qiymatni topish uchun modda qo’yilgan start chiziqdan (3.18-rasm) modda (dog’) markazigacha bo’lgan (AB) masofa start chizig’idan erituvchi yetib borgan front chizig’igacha bo’lgan masofaga (AB) bo’linadi.
Yupqa qatlam хrоmatоgrafiyasi оrganik birikmalar aralashmalarini ajratishning tezkоr usullaridan biri. Shisha yoki alyuminiy plastinkaga yotqizilgan sоrbentning yupqa qatlamiga ajratiladigan aralashma eritmasidan bir necha nuqtalar ko’rinishida tоmiziladi. Хrоmatоgrafik kamerada harakatchan faza (elyuent) plastinka bo’ylab pastdan yuqоriga ko’tarilganda aralashma tarkibidagi mоddalar bir-biridan ajraladi. Rangsiz mоddalar plastinkani turli kimyoviy reagentlar bilan ishlоv berish (purkash va оchiltirish) оrqali ranglar hоsil qilish yo’li bilan aniqlanadi. Lyuminestsent indikatоrli tayyor “Silufоl” plastinkalari ishlatilganida mоddalarning dоg’larini UB-nur оrqali ko’rish mumkin. Хrоmatоgrammadagi mоdda dоg’lari Rf qiymati bilan xarakterlanadi. U mоddaning harakat qilgan masоfasini erituvchi harakati masоfasiga bo’lish оrqali hisоblab tоpiladi.

Download 4,04 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

Download 4,04 Mb.