• Osmometrik usul .
  • Polyarizatsion diffuzometr, osmometriya, viskozimetriya. Polimerlarning molekulyar massasi va molekulyar-massaviy taqsimlanishi




    Download 4,04 Mb.
    bet36/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    Polyarizatsion diffuzometr, osmometriya, viskozimetriya. Polimerlarning molekulyar massasi va molekulyar-massaviy taqsimlanishi.


    Polimerlarning molekulyar massasini aniqlash usullari. Polimerlarning sintez bo’lishida polimerlanish darajasi har xil bo’lgan makromolekulalarning vujudga kelishi ularning hosil bo’lish mexanizmiga bevosita bog’liq bo’ladi. Hatto tabiiy polimerlar ham (ba’zi oqsillardan tashqari) molekulyar massasi bo’yicha ko’p jinsli bo’ladi. Shuning uchun polimerlarning molekulyar massasi o’rtacha statistik qiymatga ega.
    O’rta molekulyar polisaxaridlar massasini aniqlashda fizik usullar- osmometriya, yorug’lik tarqatish va ultrasentrifugirlash qo’llaniladi. Keng miqdorda polisaxaridlar fizik xossalari farqlanadi. Ko’pi suvda eriydi, ayrim chiziqli polisaxaridlar hujayra devorlari komponentlari bo’lib suvda erimaydi va bo’kmaydi ham.
    Osmometrik usul. Polimer molekulyar massasini osmometrik usulda aniqlash uchun yarim o’tkazgich membrana bilan ajratilgan qismlardan (biri polimer eritmasi va ikkinchisi toza erituvchi uchun) iborat asbobdan foydalaniladi. Agar polimer eritmasi osmometrda faqat erituvchi molekualarini o’tkazuvchi membrana bilan ajratilgan bo’lsa, bunday sistema muvozanatlanmagan hisoblanadi, chunki
    eritmadagi erituvchining kimyoviy potensiali μ toza erituvchidan kichik bo’ladi. Agar erituvchining kimyoviy potensiallari qiymatini membrananing ikkala tomonida tenglashtirsak, sistema muvozanatlanadi. Bunga polimer eritmasiga tashqaridan bosim borib erishish mumkin. Bunday ortiqcha bosim osmotik bosim deb ataladi.
    Polimerlarning real eritmalari juda suyultirilganda ham ideallikdan ancha uzoq. Shuning uchun ularga quyidagi tenglamani tatbiq qilish mumkin:
    (3.7)
    - Keltirilgan osmotik bosim, С2 va М2 - erigan moddaning konsentratsiyasi va molekulyar massasi, А va В - varial koeffitsiyentlar. А koeffitsiyenti polimerning molekulyar massasi va makromolekulalar tuzilishiga bog’liq. Eritma cheksiz suyultirilganda (3.7) tenglama quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
    (3.8)
    ning qiymati tajriba yo’li bilan eritmaning osmotik bosimini bir nechta konsentratsiyada o’lchab =f(c) grafigidagi to’g’ri chiziqni cheksiz suyultirilgan
    konsentratsiya (c=0) gacha ekstrapolyatsiya qilib topiladi. Polimer molekulyar massasi (3.8) formuladan foydalanib hisoblanadi:
    (3.9)

    Bu usul o`rtacha arifmetik molekulyar massani (3 104 - 2 106 gacha) topish imkonini beradi, chunki osmotik bosim polimer molekulalari soniga bog’liq.


    Osmometrik usul krioskopik va ebulioskopik usullarga qaraganda ancha aniq, ammo yarim o’tkazgich pardalar tayyorlash yetarlicha takomillashmaganligi tufayli aniqlik bir muncha pasayadi. 3.20-rasmda osmometr sxemasi ko`rsatilgan. Osmometr bir-biridan yarim o’tkazgich parda V orqali ajratilgan ikki qismdan (kamera) iborat, bosimni o’lchash uchun xizmat qiluvchi A va B kapillyarlar bilan
    jihozlangan. Kameralarning biriga erituvchi, ikkinchisiga polimer eritmasi
    quyiladi. A va B kapillyarlardagi suyuqlik balandligini o’zgartirmay saqlash uchun B kapillyardagi suyuqlikka ko’rsatiladigan tashqi bosim eritmaning osmotik bosimiga teng bo’ladi.


    Download 4,04 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Polyarizatsion diffuzometr, osmometriya, viskozimetriya. Polimerlarning molekulyar massasi va molekulyar-massaviy taqsimlanishi

    Download 4,04 Mb.