Gel-filtrasiya yoki gel-xromatografiya usuli




Download 4,04 Mb.
bet35/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Gel-filtrasiya yoki gel-xromatografiya usuli. Gel-xromatografiya usulida maxsus kolonkalar (odatda ular zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan bo’ladi) har xil suyuqliklarda yaxshi bo’kadigan tikilgan polimer iviqlar bilan to’ldirilgan bo’ladi. Suvli eritmalarda ishlash uchun sefadeks-S (epixlorgidrin bilan tikilgan dekstran), biogel-R (bis-metilen-dimetakrilamid bilan tikilgan poliakrilamid), sferon-R dimetakrilat-etilenglikol bilan tikilgan polioksietilmetakrilat), organik eritmalar uchun sefadeks-LH, stiragel (divinilbenzol bilan tikilgan polistirol) va maxsus tayyorlangan g’ovak shishalar qo’llaniladi). Yuqori molekulyar birikmaning molekulyar massasini aniqlash uchun, u eritiladi va eritmasi iviq to’ldirilgan kolonkaga yuboriladi. So’ng bu kolonka erituvchi bilan yuviladi. Polimer molekulyar massasining kattaligiga qarab iviqning g’ovaklarida taqsimlanadi. Molekulyar massasi katta bo’lgan polimer kolonkadan oldinroq yuvilib chiqadi.
Molekulyar massasini hisoblash uchun Mur tenglamasidan foydalaniladi:
(3.6)
bu yerda V-makromolekulaning kolonkadan yuvilib chiqqan hajmi, С1 va С2 lar makromolekula va erituvchi tabiatiga bog’liq bo’lgan kattaliklar. C1 va С2 larni aniqlash uchun qo’llanayogan kolonka darajalanadi, ya’ni qo’llanayotgan
polimerning molekulyar massasi aniq bo’lgan 7-8 ta fraksiyasi kolonkadan yuvib chiqariladi va ularning chiqish hajmi aniqlanadi. So’ngra V-IgM koordinatlarda grafik chizilib С1 va С2 larning qiymati aniqlanadi (C1 - egri chiziq bilan ordinata o’qining kesishgan qismi, С2 - esa egri chiziq hosil qilgan burchak tangensiga teng bo’ladi).
Yuqori molekulyar massani aniqlash uchun berilgan usullar asosan polimer eritmasining u yoki bu xususiyatini tekshirishga asoslangan. Lekin har doim ham polimerni eritish uchun qulay erituvchi tanlash imkoniyati bo’lavermaydi yoki polimer umuman erimasligi mumkin. Bunday hollarda makromolekula uzunligiga bog’liq bo’lgan har qanday fizikaviy xossalardan foydalanish mumkin.



    1. Download 4,04 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gel-filtrasiya yoki gel-xromatografiya usuli

Download 4,04 Mb.