Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




Download 4,04 Mb.
bet69/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Reometriya va termoreogrammalar.




Reologiya (yun. rheos — oqish, oqim va… logiya) — moddalar (jismlar) ning oquvchanligi va deformatsiyalanishi bilan bog’liq jarayonlarni o’rganish b-n shug’ullanadigan fan. Reologiyada turli qovushqoq plastik materiallarning qaytmas qoldiq deformatsiyasi va oqishi bilan bog’liq jarayonlar hamda siljish (elastiklikning keyingi taʼsiri va kuchlanish relaksatsiyasi) hodisalari ko’riladi. Reologiya iborasini ilk bor amerikalik olim Yu. Bingam kiritgan va rasman 1929- yilda qabul qilingan.
Reologiya muammolari texnikada turli ishchi jarayonlari texnologiyasini yaratishda har xil materiallar (metall, polimer, grunt, beton, oziqovqat mahsulotlari va b.)ga taalluqli loyihalash va konstruktorlik hisoblash ishlari va bilanda ko’p uchraydi.
Reologiyaning bir necha bo’limlari mavjud. Nazariy reologiya (fenemologik reologiya yoki makroreologiya) ni tutash muhitlar mexanikasining bir qismi deb qarash mumkin. U gidromexanika va deformatsiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi orasidagi o’rinni egallaydi. Reologiya jismga taʼsir etuvchi mexanik kuchlanishlar bilan ular hosil qilgan deformatsiyalar orasidagi munosabatlarni va ularning vaqt bo’yicha o’zgarishlarini aniqlaydi. Tutash muhitlar mexanikasidagi materiallarni bir jinsli va tutash degan farazlarga binoan nazariy reologiyada qattiq, suyuq va boshqa jismlarning deformatsiyalanishi va oqishiga taalluqli turli chegaraviy masalalar yechiladi. Materiallarning reologik holatini ifodalash uchun
mexanik modellar tuzilib, ulardan polimerlarning mexanik xususiyatlarini, qattiq jismlardagi ichki ishqalanishni va real jismlarning boshqa xususiyatlarini o’rganishda foydalaniladi.
Eksperimental reologiya (reometriya) moddalarning turli reologik xususiyatlarini maxsus asboblar va sinash mashinalari yordamida o’rganadi. Mikroreologiya mikrohajmlar (dispers tizimlardagi dispers fazasi zarrachasi) dagi deformatsiya va oqish jarayonlarini o’rganadi.
Bioreologiya odam va hayvonlardagi har xil biologik suyuqlik (qon va b.) ning oqishi, turli to’qimalar (mushak, suyak, kon tomirlari) dagi deformatsiyalarni o’rganadi. Reologiya asosida I. Nyutonning qovushqoq suyuqliklar harakatiga qarshilik qonunlari, N. Stoks, J. Maksvell, U. Tomson va boshqalarning tadqiqotlari yotadi. Bu fanning rivojlanishiga o’zbek olimlari H. Rahmatullin, J. Fayzullayev (suyuqliklar reologiyasi), T. Rashidov, G’. Hojimetov (qattiq jism va gruntlar reologiyasi) va b. hissa qo’shishgan.

Download 4,04 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

Download 4,04 Mb.