• Qattiq geliy.
  • Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




    Download 4,04 Mb.
    bet65/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    Fluktatsiyalar - energiyaning, zichlikning va u bilan bog’liq bo’lgan boshqa kattaliklaming tasodifiy o’zgarishlari – hamma vaqt mavjud bo’ladi. Biroq fazaviy o’tishda uzoqroqda ularjuda kichik hajmlarda yuzaga keladi va shu zahotiyoq yo’qolib ketadi. Moddaning bosimi va temperaturasi kritik qiymatlarga yaqin bo’lganida esa fluktuatsiya bilan qamrab olingan hajmida yangi faza hosil bo’lishi mumkin. Birinchi va ikkinchi tur fazaviy o’tishlar orasidagi farq shundan iboratki, o’tish nuqtasi yaqinida fluktuatsiyalar turlicha rivojlanishi mumkin.
    Birinchi tur o’tishda yangi fazaning eski faza ichida markazlar tarzida yuzaga kelishini yuqorida gapirib o’tdik. Ularning paydo bo’lishiga sabab, energiya va zichlikning tasodifiy fluktuatsiyalaridir. O’tish nuqtasiga yaqinlashgan sari yangi fazaga sabab bo’ladigan fluktuatsiyalar tez-tez bo’lib turadi, garchi har bir fluktuatsiya juda kichik hajmda ro’y bersa ham, ularning hammasi bir bo’lib, agar ularning hosil bo’lishi joylarida kondensatsiya markazi bo’lsa, yangi fazaning makroskopiya markazi paydo bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
    Ikkinchi tur fazaviy o’tishlar holida vaziyat ancha murakkabroq bo’ladi. Yangi faza birdaniga butun hajmda paydo bo’lgani sababli odatda mikroskopik fluktuatsiyalar o’z-o’zicha fazaviy o’tishga olib kela olmaydi. Ularning xarakteri ancha o’zgaradi. Kritik temperaturaga yaqinlashgani sari yangi fazaga o’tishni “tayyorlayotgan” fluktuatsiyalar tobora moddaning katta qismini qamrab oladi va nihoyat, o’tish nuqtasida cheksiz bo’lib qoladi, ya’ni butun hajmda ro’y beradi.
    O’tish nuqtasidan pastda, yangi faza qaror topganidan so’ng, ular yana qaytadan so’na boshlaydi va yana asta-sekin qisqa ta’sirli hamda qisqa muddatli bo’lib qoladi. Ikkinchi tur fazaviy o’tishi hamma vaqt sistemaning simmetriyasi o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi: yangi fazada yo dastlab bo’lmagan tartib yuzaga keladi (masalan, ferromagnit holatga o’tishda alohida zarralarning magnit momenti tartibga tushadi), yo avval mavjud bo’lgan tartib o’zgaradi (kristall strukturaning o’zgarishi tufayli bo’ladigan o’tishlarda). Bunday yangi tartib fazaviy o’tish yaqinidagi fluktuatsiyalarda mavjud bo’ladi.
    Ikkinchi tur fazaviy o’tishlar juda murakkab va qiziq hodisa. Bevosita o’tish
    nuqtasi atrofida bo’layotgan hodisalar, jarayonlar hali oxirigacha o’rganilgan emas
    va cheksiz fluktuatsiyalar sharoitida fizikaviy kattaliklaming tabiati haqidagi to’la manzara endigina yaratilmoqda.
    Qattiq geliy. Barcha moddalar ichida geliyning mustasnoligi shundaki, u absolut nolda ham qotmaydigan yagona moddadir. Biz suyuq geliyning ikki modifikatsiyada ma’lum ekanini va bu modifikatsiyalar o’zlarining to’yingan bug’lari bosimi ostida bo’lganida 219 K da (NM-nuqta) bir-biriga o’tib turishini bilamiz. Bunday o’tish ikkinchi tur fazaviy o’tishdir. Xususan, He I - He II o’tishda o’tish yashirin issiqligi bo’lmaydi. Geliyning holat diagrammasi uning suyuq holatining yuqorida eslatib o’tilgan xususiyatlari munosabati bilan o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lib, xiliga ko’ra yagonadir. Bu diagramma 6.1-rasmda tasvirlangan (bu rasmda masshtabga aniq rioya qilingan emas)


    Download 4,04 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

    Download 4,04 Mb.