• Destruksiya
  • -rasm. Xvoyli daraxt uchun siqilishda ideallashtirilgan diagramma




    Download 4,04 Mb.
    bet61/119
    Sana14.06.2024
    Hajmi4,04 Mb.
    #263652
    TuriУчебник
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119
    Bog'liq
    21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

    5.11-rasm. Xvoyli daraxt uchun siqilishda ideallashtirilgan diagramma:


        1. tola bo’yicha siqilganda; b) tolaga ko’ndalang siqilganda.

    Quruq qarag’ay yog’ochi uchun tola bo’ylab siqilishdagi proporsionallik
    chegarasi o’rtacha σp.ch. =350-400 kg/sm2, elastiklik moduli E=1,1⋅105 kg/sm2 ni tashkil etadi. Tolalarga ko’ndalang siqishda proporsionallik chegarasi taxminan
    σp.ch.=50 kg/sm2 ni, elastiklik moduli E=5000 kg/sm2 ni tashkil etadi. Bu materialni tolalari bo’ylab cho’zilishdagi proporsionallik chegarasi, siqilishdagiga nisbatan tahminan ikki marta katta. Cho’zilishdagi elastiklik moduli siqilishga nisbatan ancha katta, ammo hisoblash ishlarida qarag’ay yog’ochining siqilishdagi xarakteristikalari olinadi.
    5.11-rasmdan ko’rinib turibdiki, tolalari bo’ylab siqilish diagrammasi σ∼ε mo’rt materiallarga xos, tolalarga ko’ndalang siqilish diagrammasi σ∼ε esa plastik
    materiallarga xosdir. Tolasimon tuzilishga ega qurilish materiali bo’lgan daraxtlarda cho’zilishdagi mustahkamlik siqilishdagiga qaraganda ancha kattaroq bo’ladi.
    Destruksiya (lot. Destruction-parchalanish) — makromolekulalardagi kimyoviy bog’larning uzilishi natijasida ularning polimerlanish darajasi yoki molekulyar massasining kamayishi bilan kechadigan jarayonlarning umumiy nomi. Kimyoviy bog’larning uzilish joyiga qarab destruksiya asosiy va yon zanjirlar destruksiyasiga bo’linadi. Destruksiyaga tashqi taʼsirlar (issiqlik, ionlashtiruvchi radiatsiya, mexanik kuchlanish, yorug’lik, oksidlovchi muhit, namlik va b.) sabab bo’ladi.
    Ko’p hollarda destruksiya bir vaqtda bir nechta tashqi taʼsir (mas, issiqlik va kislorodli muhit - termooksidlovchi destruksiya) natijasida ro’y beradi. Destruksiya jarayonida polimerlarning xossalari o’zgaradi, ular asosida tayyorlangan mahsulotlar buziladi. Shu sababli polimerlarni stabillashtirishning turli usullari ishlab chiqilgan. Baʼzi hollarda destruksiya jarayoni foydali hisoblanadi. Masalan, polivinilatsetatni ishqoriy gidrolizga uchratib polivinil spirt, sellyuloza va kraxmalni gidrolitik destruksiyadan foydalanib turli qandlar olinadi. Destruksiya polimerlarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda ham qo’llaniladi.
    Polimerlar destruksiyasi va uning turlari: Polimer moddalar uzoq vaqt ishlatilishi, qayta ishlash va kimyoviy o’zgarishlar vaqtida turli o’zgarishlarga uchraydi. Bunday o’zgarishlar natijasida makromolekulaning kimyoviy tarkibi deyarli o’zgarmaydi. Makromolekuladagi asosiy bog’lar uzilib, molekulyar og’irligi kamayadi, bunday o’zgarishlarni destruksiya deyiladi.
    Destruktiv jarayonlar aksariyat vaqtda zararli bo’lib, unga qarshi kurash olib boriladi. Ammo ayrim xollarda destruktiv jarayonlar muhim axamiyat kasb etadi.
    Destruksiya qanday ta’sirlar natijasida sodir bo’layotganiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:

    1. Kimyoviy destruksiya – suv, kislota, tuz, kislorod, peroksid va boshqalar;




    1. Fizikaviy destruksiya – issiqlik, yorug’lik, radiatsiya, ultratovush;




    1. Biologik destruksiya – chirish va hokazolar.

    Yuqoridagi faktorlar ko’pincha birgalikda kompleks ta’sir etadi. Geterozanjirli makromolekulalarda boradigan destruktiv jarayonlar ancha yaxshi o’rganilgan. Odatda bunday zanjirda yuqoridagi faktorlar ta’sirida zanjir uglerod- geteratom bog’i bo’yicha uziladi va natijada monomer xosil bo’ladi. Bunday reaksiyalar mos ravishda gedromeralkogoliz, atsidoliz va hokazolar deb yuritiladi. Karbozanjirli polimerlar kimyoviy destruksiyasi ancha chidamli, ammo fizik va biologik destruksiyaga geterozanjirli polimerlardagidan ko’p uchraydi. X/x va q/x da polimer moddalardan tobora ko’proq foydalanayotgan xozirgi vaqtda polimerlar destruksiyasini o’rganish va unga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish muhim masalalardan biri hisoblanadi.


    Odatda bu vazifani hal etishda mexanik, fizik-kimyoviy va kimyoviy usullardan foydalaniladi.

    Download 4,04 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   119




    Download 4,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Xvoyli daraxt uchun siqilishda ideallashtirilgan diagramma

    Download 4,04 Mb.