|
-rasm. Oquvchanlik chegarasida chiziqlarning hosil bo’lishi
|
bet | 59/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 5.7-rasm. Oquvchanlik chegarasida chiziqlarning hosil bo’lishi.
Oquvchanlikdan so’ng (C nuqtadan keyin) material yana cho’zilishga qarshilik ko’rsata boshlaydi va Δl ni uzaytirish uchun kuchni oshirishga to’g’ri keladi. Diagrammaning D nuqtasida kuchlanish eng katta qiymatga erishib, bu material ko’tara oladigan eng katta mustahkamlik chegarasidagi kuchlanishni ifodalaydi. Bu vaqtdan boshlab namuna o’zini boshqacha tuta boshlaydi. Shu davrgacha cho’zilishda butun sterjen qatnashib, uni uzunligining har bir bo’lagi taxminan bir xil uzayib, ko’ndalang o’lchamlari ham bir xil qisqargan edi.
Yuklanishning qiymati D nuqtadagi qiymatga yetgan vaqtdan boshlab, deformatsiya asosan namunaning bir joyiga yig’iladi, ya’ni shu joy atrofidagi kichkina bo’lakka katta kuchlanish ta’sir qiladi. Bu holat o’sha joydagi ko’ndalang kesimning torayishiga olib kelib, “bo’yin” deb ataluvchi qism paydo bo’ladi.
5.8-rasm. Mustahkamlik chegarasidan so’ng namunada bo’yinchaning hosil bo’lishi.
Bu holda namuna deformatsiyalanuvchi qismining kichrayishi hisobiga sterjenni cho’zish uchun tobora kamroq kuch talab etiladi va nihoyat namuna K nuqtada uziladi. Agar tajribani kuchlanish σp.ch. ga yetmasdan to’xtatib namunadan kuchni olib tashlasak, (ya’ni yuksizlantirsak) u holda yuksizlanish ham diagramma ham shu AO chizig’i bo’yicha orqaga qaytadi. Bu holda namunadan yuk olinganidan keyin deformatsiya batamom yo’q bo’lib ketib, sterjen o’zining oldingi holatiga qaytadi. Bu sterjenning faqat elastik deformatsiyalanganligini bildiradi.
Agar namuna diagrammaning C va D nuqtalar oralig’ida yotuvchi Z nuqtasida yuksizlantirilsa, u holda yuksizlantirish natijasida diagramma OA to’g’ri chiziqqa deyarli parallel bo’lgan ZO1 to’g’ri chiziq bo’yicha orqaga qaytadi. Bu holda namuna boshlang’ich o’lchamlariga qaytmaydi, O1O2 kesma elastik deformatsiyani, OO1 kesma qoldiq deformatsiyani, OO2 to’liq deformatsiyani ifodalaydi. Shunday OA1 yuklanishni topish mumkinki, bunda namuna faqat elastic deformatsiyalanib, odatda diagrammaning A1 nuqtasi A nuqtadan sal yuqoriroqda yotadi. Elastiklik chegarasida, ya’ni σe da deformatsiya ε ≈ 0,001- 0,03% ni tashkil qilishi mumkin.
Odatda A va A1 nuqtalar shu darajada bir–biriga yaqin bo’ladiki, elastiklik chegarasi σe bilan proporsionallik chegarasi σp.ch. ko’p hollarda ustma-ust tushishi ham mumkin. Shuning uchun material elastiklik chegarasigacha Guk qonuniga bo’ysunadi deb hisoblanadi. Haqiqatda esa proporsionallik chegarasigacha material
Guk qonuniga σ=E⋅ε bo’ysunadi deyish to’g’riroq bo’ladi.
Namuna uchun cho’zuvchi kuchning eng katta qiymati OD ordinataga
to’g’ri keladi, shuning uchun ko’p hollarda bu kuch buzuvchi yuklanish ham deb ataladi, chunki u buzilishning boshlanishiga sababchi bo’ladi, to’la buzilish esa diagrammadagi yuklanish K nuqtaga yetganda hosil bo’ladi. Eng katta yuklanish hosil qilgan D nuqtadagi kuchlanish mustahkamlik chegarasidagi kuchlanish (σm.ch.) yoki vaqtinchalik qarshilik ko’rsatuvchi kuchlanish σv deb ataladi. Kam uglerodli po’lat uchun σm.ch. ≈ 4000 kg/sm2 ga teng bo’lishi mumkin.
|
| |