|
-rasm. Cho’zilish va siqishga sinash uchun namuna
|
bet | 58/119 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 4,04 Mb. | | #263652 | Turi | Учебник |
Bog'liq 21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F 5.4-rasm. Cho’zilish va siqishga sinash uchun namuna.
Cho’zilish deformatsiyasiga sinash uchun namuna. Zo’riqishga mos keluvchi absolyut deformatsiyalar esa namunaga (sterjenlarga) o’rnatilgan tenzometrlar yordamida aniqlanadi. Hozirgi zamon sinov mashinalari zo’riqishga mos keluvchi deformatsiyani aniqlash bilan birga avtomatik ravishda P = f (Δl) yoki σ = f (ε)
grafiklarini ham chizib boradi. Bu funksiya grafiklari σ∼ε ning shartli
diagrammalari deyilib, materialning mexanik xarakteristikalari shu diagrammalardan aniqlanadi.
Turli xil materiallar uchun σ va ε diagrammalari 5.5 – rasmda keltirilgan. Bu yerda l namunaning (sterjenning) boshlang’ich uzunligi, F – sterjenning boshlang’ich ko’ndalang kesim yuzasi. 5.5-rasmda tasvirlangan diagrammalar turli xil masshtablarda keltirilgan.
5.5-rasm. Turli materiallar uchun cho’zilish diagrammalari.
Diagrammalarning xilma-xilligi materiallarning xossalarini aniqlashda asosiy ma’lumot beruvchi manba bo’lib, ularni sinflarga ajratishda va ko’rgazmali namoyish etishda kerakli ma’lumot hisoblanadi. Odatda diagrammalar shartli ravishda plastik materiallar diagrammasi va mo’rt materiallar diagrammasiga ajratiladi. 5.6-a,b rasmlarda plastik va mo’rt materiallar uchun har xil masshtablarda qurilgan va shartli soddalashtirilgan diagrammalar keltirilgan.
Digramma bir qator o’ziga xos bo’laklardan iborat. OA bo’lakda diagramma to’g’ri chiziqdan iborat. A nuqtada proporsionallik chegarasiga mos keluvchi kuchlanish p.ch. ning eng katta qiymati hosil bo’lib, agar kuchlanish undan ortib ketsa Guk qonuni bajarilmaydi. Kam uglerodli po’latlar uchun p.ch ning qiymati taxminan 2000 kgk/sm2 ga teng bo’ladi.
5.6-rasm. Deformatsiyalanish diagrammasi: a) plastik material; b) mo’rt material.
Plastik materiallar uchun σ∼ε diagrammasini ko’raylik (5.6-a rasm).
Bu holda elastiklik moduli bo’ladi. – elastiklik
chegarasidagi eng katta kuchlanishni ifodalaydi. Kuchlanishning qiymati p.ch dan ortishi bilan deformatsiya yuklanishdan tezroq o’sadi va diagramma A1 nuqtagacha yuqoriga qavargan egri chiziq ko’rinishini oladi. So’ngra material xarakterida keskin o’zgarish yuz beradi va cho’zuvchi kuchning ma’lum bir qiymatida material “oqadi”, bu holda deformatsiyaning ortishi uchun cho’zuvchi kuchni oshirmasa ham bo’ladi. Diagrammada gorizontal (yoki deyarli gorizontal) qism (B–C) hosil bo’ladi.
Yuklanish o’zgarmas (deyarli o’zgarmas) bo’lganda deformatsiyaning o’sishi materialning oquvchanligini ifodalaydi va bu holatga to’g’ri keluvchi kuchlanish oquvchanlik chegarasidagi kuchlanish deyilib, u σoq deb belgilanadi. Kam uglerodli po’lat uchun σoq≈2400 kg/sm2 ga teng bo’lishi mumkin.
Namuna materiali oqayotganda uning sirtida ko’proq yoki kamroq keskin ko’zga tashlanadigan darajadagi to’g’ri chiziqlar paydo bo’ladi. Bu chiziqlar
“Chernov chiziqlari” yoki ba’zi hollarda “Lyuders chiziqlari” deb ataladi (5.7- rasm). Bu chiziqlar material yetarli darajada deformatsiyalanganda material zarralarining o’zaro harakatlanishi natijasida hosil bo’ladi.
|
| |