Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A




Download 4,04 Mb.
bet56/119
Sana14.06.2024
Hajmi4,04 Mb.
#263652
TuriУчебник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119
Bog'liq
21558 2 CDEAD1DE360DB13C9B7A03EFD7ECBD40E7F94F1F

Yung modulining fizik ma’nosi:


Elastiklik moduli materialning cho’zilishga (siqilishga) qarshilik ko’rsata olish xususiyatini bildiradi va kuchlanish o’lchamlarida (kg\m2, kg\sm2 da ) ifodalanadi.

5.2-rasm. Elastiklik chegarasi.


Yung moduli son jihatidan jismga qo’yilgan kuchlanganlikka tengki, u jism uzunligini ikki marta uzaytiradi, ya’ni, =1 bo’ladi.


- kuchlanishning – nisbiy deformatsiyaga bog’lanishini ko’rib chiqaylik (5.2-rasm)

ε – oshganda ham proportsional ravishda elastiklik chegarasigacha
el

oshib boradi. (OA qism) Jism deformatsiya ta’sirida hali elastiklik hususiyatini yo’qotmagan bo’lsa, bunda hosil bo’lgan eng katta mexanik kuchlanishga



elastiklik chegarasi el
deyiladi.

Bu chegaradan keyingi mexanik kuchlanishni o’sishida deformatsiya plastik xarakterga ega va Guk qonuniga bo’ysunmaydi. Kuchlanishni mustahkamlik chegarasidan Bcheg oshsa (B nuqta) jism buziladi. Yuqori mustahkamlik chegarasi ega bo’lgan jismlar elastik jismlardir (metallar). Mo’rt jismlarning (cho’yan, shisha, muz) elastiklik chegarasi kichik bo’ladi. Jismning mexanik xossalari temperaturaga bog’liq. Temperatura ortishi bilan jismning plastikligi ortadi, temperatura kamayishi bilan mo’rtligi oshadi.



Organizm to’qimalarining mexanik hossalari ularning tuzilishiga va tabiatiga bog’liq. Suyakning biriktiruvchi asosidagi to’qima suyakka elastiklik bersa, undagi fosfor va kalsiyning asosga shimiluvchi tuzlari qattiq va puxta qiladi. Suyak tuzilishini shakllanishi tashqaridan qo’yiladigan yukka moslashgan bo’ladi.
Yumshoq to’qimalar asosan oqsil polimerlardan tuzilgan bo’lib, yuqori elastikligi va yopishqoqligi bilan farq qiladi. Bu xususiyat deformatsiyaning oshishiga olib keladi. Bunday jismlar elastomerlar deyiladi, ular Guk qonuniga bo’ysinmaydi.
Egilish metodi bilan sterjinning elastiklik modulini aniqlash mumkin. Sterjen qattiq tayanchga o’rnatilib, uninig o’rtasiga ma’lum og’irlikka ega bo’lgan toshlar yuklatiladi. (5.3-rasm). Toshlar kuch sifatida ishlatiladi va uning ta’sirida egilish deformatsiyasi ro’y beradi. Bu holda deformatsiya kattaligi λ “egilish o’qi” bilan, ya’ni sterjenga ta’sir etuvchi kuchning qo’yilish nuqtasi siljiydigan masofa bilan xarakterlanadi.


Download 4,04 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   119




Download 4,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi buxoro davlat universiteti d. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A

Download 4,04 Mb.